Kongo bilan o‘yin boshqacha bo‘ladi — Kannavaro

© NOK UzbekistanaPress-konferensiya s glavnim trenerom natsionalnoy sbornoy Fabio Kannavaro i kapitanom Eldorom Shomurodovim.
Press-konferensiya s glavnim trenerom natsionalnoy sbornoy Fabio Kannavaro i kapitanom Eldorom Shomurodovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2026
Obuna bo‘lish
Biz Jahon chempionatida juda ko‘p narsani o‘rganmoqdamiz. Biz jamoa sifatida o‘sishimiz mumkin bu turnirda - Kannavaro.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Kongo bilan o‘yin boshqacha bo‘ladi, dedi milliy jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida.

Kongo ham juda ajoyib jamoa, tajribaga ega, jismoniy yaxshi shakllangan jamoa. Biroq biz ularni yutish uchun harakat qilamiz. Ertaga o‘yin boshqacha bo‘ladi, chunki biz ikkita eng yuqori darajadagi raqiblar bilan o‘ynab bo‘ldik. Oxirgi o‘yin ham oson kechmadi, uni tahlil qildik, - dedi bosh murabbiy.

Shuningdek u birinchi bahsda darvozabon Yusupov yaxshi o‘yin ko‘rsatganini va boshqa darvozabonga ham imkoniyat berishni istaganini bildirdi. "Bizda yuqori darajadagi 3 ta darvozabonimiz bor. Men barchaga imkoniyat berishga harakat qilyapman, chunki bu juda ham muhim tajriba hisoblanadi," - dedi Kannavaro.
Biz Jahon chempionatida juda ko‘p narsani o‘rganmoqdamiz. Biz jamoa sifatida o‘sishimiz mumkin bu turnirda. Chunki yuqori darajadagi raqiblarga qarshi o‘ynab keldik. Ertangi bahs ham bizni rivojlanishimizga xizmat qiladi. Men ilk kunlardanoq futbolchilarga nisbatan bosimni yo‘qotishga harakat qilganman. Qur’adan keyin ham bosimsiz o‘ynash kerakligini aytdim, - dedi bosh murabbiy.
Men murabbiy sifatida o‘yin sifatini oshirishga, futbolchilarga yordam berishishga harakat qilaman. Ertaga qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatni amalga oshirib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
© NOK UzbekistanaPress-konferensiya s glavnim trenerom natsionalnoy sbornoy Fabio Kannavaro i kapitanom Eldorom Shomurodovim.
Press-konferensiya s glavnim trenerom natsionalnoy sbornoy Fabio Kannavaro i kapitanom Eldorom Shomurodovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2026
Press-konferensiya s glavnim trenerom natsionalnoy sbornoy Fabio Kannavaro i kapitanom Eldorom Shomurodovim.

Milliy terma jamoa sardori Eldor Shomurodov:

Asosiy maqsadimiz bizni qo‘llab turgan xalqimizni xursand qilish. Birinchi golimizni urdik, endi vazifamiz birinchi g‘alabaga erishish.
Himoyani ham unutmasligimiz kerak, gol urishga intilib orqani unutamiz, degani emas. Birinchi navbatda g‘alabaga erishish muhim. Asosiy maqsad tartibli o‘yin namoyish etib, g‘alabaga erishish.
Muxlislarimiz kuch berib turdi, nafaqat stadiondagi balki O‘zbekistondagi ishqibozlarimizning ham qo‘llab-quvvatlab turishlarini his qildik. Ularga albatta minnatdorchilik bildiramiz va ularni keyingi o‘yinda xursand qilishga harakat qilamiz.
Yangiliklar lentasi
0