O‘zbekiston Kongoga 1:3 hisobida yutqazdi — Kannavaro xatolar va futbolchilar haqida gapirdi

© UFA - Federatsiya futbola UzbekistanaSostoyalas press-konferensiya s uchastiyem glavnogo trenera Fabio Kannavaro.
Sostoyalas press-konferensiya s uchastiyem glavnogo trenera Fabio Kannavaro. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2026 doirasida Kongoga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin Fabio Kannavaro xatolar va futbolchilar harakati haqida gapirdi
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. JCh-2026 doirasidagi O‘zbekiston — Kongo uchrashuvidan keyin bosh murabbiy Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur bahsda Kongoga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Birinchi bo‘limda juda ko‘p energiya sarfladik. Bugungacha bizning jismoniy samaradorligimiz yaxshi edi, bugun ham jismoniy tomondan yaxshi harakatlandik. Raqibimiz ham bu tomonlama yaxshi shakllangan jamoa edi”, — dedi Kannavaro.
Uning aytishicha, jamoa to‘p nazorati muhim ekanini o‘yindan oldin ham yaxshi bilgan.
“Biz o‘yindan oldin to‘pni nazorat qilmasak, qiyin bo‘lishini bilardik. Ikkinchi bo‘limda xatolar qildik va shu sababli gollar o‘tkazib yubordik. Bugun birinchi taymni juda ham yaxshi boshladik, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda esa xatolar qila boshladik”, — dedi bosh murabbiy.
Kannavaro ushbu musobaqa o‘zi va futbolchilar uchun katta tajriba bo‘lganini ta’kidladi.
“Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba bo‘ldi. O‘ylaymanki, bu kelajakda bizga katta motivatsiya beradi”, — dedi u.
Bosh murabbiy natijadan afsusda ekanini aytdi, ammo futbolchilarni ayblamasligini bildirdi.
“Albatta, futbolchilar bilan juda ko‘p muloqot qildim. Guruhimizda ham kuchli jamoalarga qarshi o‘ynashimiz kerakligini bilardik. Lekin ushbu natijadan afsusdamiz.
Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qo‘lidan kelgan hammasini qildi va men ulardan faxrlanaman”, — dedi Kannavaro.
Sbornaya Uzbekistana ustupila Portugalii na ChM-2026  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2026
Kannavaro: terma jamoamiz bir soniya ham taslim bo‘lmadi
Yangiliklar lentasi
0