https://oz.sputniknews.uz/20260624/terma-jamoa-taslim-bolmaslik-58558312.html
Kannavaro: terma jamoamiz bir soniya ham taslim bo‘lmadi
Kannavaro: terma jamoamiz bir soniya ham taslim bo‘lmadi
Sputnik O‘zbekiston
Portugaliyadan 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida jamoasi ko‘rsatgan kurashchanlikdan mamnun ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon chempionatidagi ilk ishtirok jamoa uchun muhim tajriba bo‘lmoqda.
2026-06-24T09:29+0500
2026-06-24T09:29+0500
2026-06-24T09:58+0500
portugaliya
o‘zbekiston
futbol bo‘yicha jch-2026
futbol
fabio kannavaro
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/18/58558026_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_40499619fc453b8b12c3c69b28467e54.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoasi bilan faxrlanishini bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar qildi. Murabbiyning ta’kidlashicha, jamoa jahon chempionatidagi ilk ishtiroki davomida kuchli raqiblarga qarshi muhim tajriba to‘plamoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qaramasdan, futbolchilar oxirigacha kurashgan.Kannavaro Portugaliya terma jamoasining yuqori saviyasi va motivatsiyasini ham alohida qayd etdi.Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Portugaliyaning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Keyingi o‘yinda "oq bo‘rilar" Kongo DRga qarshi maydonga tushadi va guruhdan chiqish imkoniyati bor.
https://oz.sputniknews.uz/20260623/portugal-strategiya-kannavaro-58528956.html
portugaliya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/18/58558026_56:0:1193:853_1920x0_80_0_0_a00ea249e263f08e7c7dc23bf6cb8571.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
portugaliya, o‘zbekiston, futbol bo‘yicha jch-2026, futbol, fabio kannavaro , sport
portugaliya, o‘zbekiston, futbol bo‘yicha jch-2026, futbol, fabio kannavaro , sport
Kannavaro: terma jamoamiz bir soniya ham taslim bo‘lmadi
09:29 24.06.2026 (yangilandi: 09:58 24.06.2026) Futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston Portugaliyaga yirik hisobda yutqazdi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoasi bilan faxrlanishini bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar qildi.
Murabbiyning ta’kidlashicha, jamoa jahon chempionatidagi ilk ishtiroki davomida kuchli raqiblarga qarshi muhim tajriba to‘plamoqda.
"Albatta, jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson bo‘lmasligi tabiiy. Qur’a natijalari chiqqanidan keyin Kolumbiya va Portugaliyani ko‘rib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini kutgandik", — dedi Kannavaro.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qaramasdan, futbolchilar oxirigacha kurashgan.
"Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoamdan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman. Ha, qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi", — deya ta’kidladi mutaxassis.
Kannavaro Portugaliya terma jamoasining yuqori saviyasi va motivatsiyasini ham alohida qayd etdi.
"Albatta, barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynash doim qiyin. Shubhasiz, ular juda katta motivatsiya bilan maydonga tushishgan edi. Biroq aytganimdek, bu jahon chempionati biz uchun tajriba", — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Portugaliyaning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Keyingi o‘yinda "oq bo‘rilar" Kongo DRga qarshi maydonga tushadi va guruhdan chiqish imkoniyati bor.