https://oz.sputniknews.uz/20260628/tashkent-umra-plyus-ziyorat-turizm-korgazma-58650469.html
Toshkentda “Umra Plyus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
Toshkentda “Umra Plyus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda IV Xalqaro “Umra Plyus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 200 nafardan ortiq xorijiy va mahalliy turizm sohasi vakillari ishtirok etib, yangi “Umra+” yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda.
2026-06-28T18:23+0500
2026-06-28T18:23+0500
2026-06-28T18:23+0500
ziyorat turizmi
o‘zbekiston
jamiyat
sayyohlar
turistlar
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1c/58650302_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_568eee7b346b2bbb75a43d276bd23caf.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. 27–28 iyun kunlari Toshkentdagi Humo Arena majmuasida IV Xalqaro “Umra Plyus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Turizm qo‘mitasi va Umra turizmi tashkilotlari assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.Ko‘rgazma Markaziy Osiyo davlatlari, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Malayziya, Indoneziya va Saudiya Arabistonidan 200 nafardan ortiq turoperatorlar, mehmonxona biznesi hamda transport kompaniyalari vakillarini bir maydonga jamladi.Tadbir “Umra+ O‘zbekiston” loyihasi doirasida xorijiy ziyoratchilarni mamlakatga jalb etish, turistik xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Loyiha umra safarini amalga oshirayotgan xorijiy ziyoratchilarni O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, muqaddas maskanlari va zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan tanishtirishni nazarda tutadi.Ko‘rgazma doirasida mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida qariyb 100 ta hamkorlik bitimini imzolash rejalashtirilgan.Ishbilarmonlik dasturi doirasida xorijiy ishtirokchilar uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif ham tashkil etildi. Tashrif yakunlariga ko‘ra, markazni xorijiy sayyohlarga taklif etiladigan ziyorat yo‘nalishlarining asosiy obyektlari qatoriga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga 5,3 million nafardan ortiq xorijiy turist tashrif buyurgan.Soha mutaxassislari “Umra+ O‘zbekiston” loyihasining kengayishi kelgusida mamlakatga ziyoratchilar oqimini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260125/uzbekistan-malaysia-umra-turizm-dastur-55251172.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1c/58650302_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_58d2f3a7b39405b640b7e73095b927ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ziyorat turizmi, o‘zbekiston, jamiyat, sayyohlar, turistlar, ko‘rgazma
ziyorat turizmi, o‘zbekiston, jamiyat, sayyohlar, turistlar, ko‘rgazma
Toshkentda “Umra Plyus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
Toshkentda IV Xalqaro “Umra Plyus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda bir qator davlatlardan 200 nafardan ortiq turoperator va turizm sohasi vakillari ishtirok etmoqda
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. 27–28 iyun kunlari Toshkentdagi Humo Arena majmuasida IV Xalqaro “Umra Plyus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Turizm qo‘mitasi va Umra turizmi tashkilotlari assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Ko‘rgazma Markaziy Osiyo davlatlari, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Malayziya, Indoneziya va Saudiya Arabistonidan 200 nafardan ortiq turoperatorlar, mehmonxona biznesi hamda transport kompaniyalari vakillarini bir maydonga jamladi.
Tadbir “Umra+ O‘zbekiston” loyihasi doirasida xorijiy ziyoratchilarni mamlakatga jalb etish, turistik xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Loyiha umra safarini amalga oshirayotgan xorijiy ziyoratchilarni O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, muqaddas maskanlari va zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan tanishtirishni nazarda tutadi.
Ikki kun davomida ishtirokchilar B2B uchrashuvlar, ishbilarmonlik muzokaralari va turistik mahsulotlar taqdimotlarini o‘tkazmoqda. Asosiy e’tibor ziyoratni O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab sayohatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi yangi “Umra+” yo‘nalishlarini shakllantirishga qaratilgan.
Ko‘rgazma doirasida mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida qariyb 100 ta hamkorlik bitimini imzolash rejalashtirilgan.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida xorijiy ishtirokchilar uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif ham tashkil etildi. Tashrif yakunlariga ko‘ra, markazni xorijiy sayyohlarga taklif etiladigan ziyorat yo‘nalishlarining asosiy obyektlari qatoriga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga 5,3 million nafardan ortiq xorijiy turist tashrif buyurgan.
Soha mutaxassislari “Umra+ O‘zbekiston” loyihasining kengayishi kelgusida mamlakatga ziyoratchilar oqimini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.