https://oz.sputniknews.uz/20260125/uzbekistan-malaysia-umra-turizm-dastur-55251172.html
O‘zbekistonga 100 ming ziyoratchi: Malayziya bilan “Umra +” turizm dasturiga start berildi
O‘zbekistonga 100 ming ziyoratchi: Malayziya bilan “Umra +” turizm dasturiga start berildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Umra ziyoratlari uyushmasi va Malayziya turizm operatorlari “Umra +” dasturi bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Dastur doirasida 2026–2027 yillarda Malayziya va Indoneziyadan 100 ming ziyoratchi jalb etish rejalashtirilgan.
2026-01-25T14:19+0500
2026-01-25T14:19+0500
2026-01-25T14:19+0500
ziyorat turizmi
samarqand
buxoro
toshkent
imom buxoriy
islom sivilizatsiyasi markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1396/60/13966061_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_9494e0c7f6d068a05bbbdebf4feed46c.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari uyushmasi va Malayziya turizm operatorlari uyushmasi o‘rtasida “Umra +” turizm dasturi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolanib, qo‘shma amaliy loyihalarga start berildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida ushbu dasturni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan media-brifing tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari uyushmasi, “Uzbekistan Airways” AJ, shuningdek Malayziyaning “MATA”, “Bumitra” va “PAPUH” kabi ziyorat turizmi, haj va umra bo‘yicha sayyohlik assotsiatsiyalari, mahalliy turkompaniyalar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.Qatnashchilarga Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarining ziyorat turizmi salohiyati taqdim etildi. Ayniqsa, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuasi alohida qiziqish uyg‘otdi.Shuningdek, 18-iyun kuni Malayziyada va 27–28 iyun kunlari O‘zbekistonda Butunjahon ziyorat turizmi festivalini birgalikda o‘tkazishga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260112/umra-plyus-turoperator-tolov-54747366.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1396/60/13966061_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_07fd95eb1cb7b8b7fb4db9385d5d7e2c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, malayziya, umra plyus, ziyorat turizmi, uzbekistan airways, mata, bumitra, papuh, imom buxoriy, islom sivilizatsiyasi markazi
o‘zbekiston, malayziya, umra plyus, ziyorat turizmi, uzbekistan airways, mata, bumitra, papuh, imom buxoriy, islom sivilizatsiyasi markazi
O‘zbekistonga 100 ming ziyoratchi: Malayziya bilan “Umra +” turizm dasturiga start berildi
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida “Umra +” turizm dasturi bo‘yicha memorandum imzolandi. Loyiha ziyorat turizmini rivojlantirishga qaratilgan.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari uyushmasi va Malayziya turizm operatorlari uyushmasi o‘rtasida “Umra +” turizm dasturi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolanib, qo‘shma amaliy loyihalarga start berildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi.
O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida ushbu dasturni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan media-brifing tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari uyushmasi, “Uzbekistan Airways” AJ, shuningdek Malayziyaning “MATA”, “Bumitra” va “PAPUH” kabi ziyorat turizmi, haj va umra bo‘yicha sayyohlik assotsiatsiyalari, mahalliy turkompaniyalar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekistonda turizmdagi islohotlar, 2026–2027 yillarda Malayziya va Indoneziyadan ziyorat turizmi yo‘nalishida sayyohlar oqimini 100 ming nafarga yetkazish rejalari va turoperatorlarga berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
Qatnashchilarga Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarining ziyorat turizmi salohiyati taqdim etildi. Ayniqsa, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuasi alohida qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, 18-iyun kuni Malayziyada va 27–28 iyun kunlari O‘zbekistonda Butunjahon ziyorat turizmi festivalini birgalikda o‘tkazishga kelishib olindi.