Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII yuklar tranzitini elektron deklaratsiya va plombalar orqali nazorat qilmoqchi

© Press-slujba YeIKNa X Mejdunarodnom Nevskom forume obsudili voprosi tamojennogo sotrudnichestva
Na X Mejdunarodnom Nevskom forume obsudili voprosi tamojennogo sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIda yuklarni ittifoq mamlakatlari orqali tezroq va shaffofroq o‘tkazish uchun yagona bojxona tranziti tizimi rivojlantiriladi. Unda navigatsiya plombalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da yagona bojxona tranziti tizimini rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan X Xalqaro Neva forumida YeIKning bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Sergey Shklyayev ma’lum qildi.
Forumda integratsiya jarayonlari doirasida bojxona hamkorligini kuchaytirish, yuklar harakatini soddalashtirish va raqamli nazorat vositalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shklyayevning aytishicha, YeOII doirasida yagona qoidalar asosida ishlaydigan bojxona tizimi savdo uchun muhim ahamiyatga ega.
“YeOII "xilma-xillikdagi birlik" tamoyili amalda qanday ishlayotganining jonli namunasidir. Beshta mamlakat, turli madaniyatlar, iqtisodiyotlar — va shu bilan birga, yagona bojxona nazorati qoidalari, savdo, o‘zaro hamkorlikning qo‘shma mexanizmlari”, — dedi u.
Asosiy e’tibor YeOIIda yagona bojxona tranziti tizimini rivojlantirishga qaratildi. Ushbu tizim yuklarni ittifoq mamlakatlari hududi orqali tezroq, shaffofroq va kamroq qog‘ozbozlik bilan o‘tkazishga xizmat qilishi kutilmoqda.
YeIK vaziriga ko‘ra, yangi modelda yagona elektron tranzit deklaratsiyasidan foydalanish muhim o‘rin tutadi. Bu bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish va yuk harakati ustidan nazoratni raqamli formatga o‘tkazish imkonini beradi.
Tizimning asosiy elementlaridan biri elektron navigatsiya plombalari bo‘ladi. Ular yuklarning butun yo‘nalish bo‘ylab saqlanishi va harakatini kuzatish, shuningdek, xavflarni boshqarish tizimi doirasida bojxona nazoratini optimallashtirishga yordam beradi.
Kelgusida YeOII mamlakatlarida ishlab chiqarilgan elektron navigatsiya plombalaridan foydalanishga o‘tish ham rejalashtirilmoqda. Bu texnologik suverenitetni mustahkamlash, mahalliy dasturiy mahsulotlarni rivojlantirish va nazorat organlari o‘rtasida ishonchni oshirishga xizmat qilishi aytildi.
Skoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeIK va BMT transchegaraviy yuk tashishni raqamlashtirishni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0