Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK va BMT transchegaraviy yuk tashishni raqamlashtirishni muhokama qildi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishSkoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy
Skoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2026
Obuna bo‘lish
YeOII davlatlarida tashqi savdo va yuk tashish jarayonlarini elektron hujjatlar orqali soddalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi savdo hamda transport tartib-qoidalarini soddalashtirish, shuningdek, multimodal ta’minot zanjirlarini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shma onlayn-seminar o‘tkazdi.
YeIK ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda transchegaraviy yuk tashish jarayonlarida elektron hujjat aylanishini rivojlantirish, ma’lumotlar almashinuvi standartlarini qo‘llash va turli tizimlar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Seminarda BMT SEFAKT standartlarini qo‘llash, raqamli transport koridorlarini yaratish, shuningdek, YeOII mamlakatlarida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda “yagona darcha” mexanizmini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda davlat organlari, transport va bojxona xizmatlari, biznes hamda IT-kompaniyalardan 100 dan ortiq ekspert ishtirok etdi.
YeIK va BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlari global standartlarni YeOII sharoitiga moslashtirish bo‘yicha yondashuvlar, tajriba loyihalari va elektron hujjat aylanishining o‘zaro mos tizimlarini joriy etish vositalarini taqdim etdi.
Seminar yakunida mintaqaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, muhokamalar davomida aniqlangan amaliy mavzular bo‘yicha qator vebinarlar o‘tkazishga kelishildi.
Zamestitel ministra inostrannix del RF Mixail Galuzin vo vremya peregovorov ministra inostrannix del RF Sergeya Lavrova s prezidentom Mejdunarodnogo komiteta Krasnogo Kresta (MKKK) Miryanoy Spolyarich v Dome priyemov MID Rossii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
Galuzin: Markaziy Osiyoni Yevroosiyo transport yo‘laklari bilan bog‘lash muhim
Yangiliklar lentasi
0