O‘zbekiston va Rossiya parlamentlararo aloqalarni faollashtiradi

© Press-slujba Senata UzbekistanaPredsedatel Senata Tanzila Narbayeva provela vstrechu s poslom Rossii Alekseyem Yerxovim.
Predsedatel Senata Tanzila Narbayeva provela vstrechu s poslom Rossii Alekseyem Yerxovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2026
Obuna bo‘lish
Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya elchisi bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
“Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadigan parlamentlararo aloqalarni faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi”, - deyilgan xabarda.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar bugungi kunda ikki davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchi, ochiq muloqoti va qat’iy siyosiy irodasi asosida strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Yerxov keyingi yillarda O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi mazmun bilan boyib, o‘zaro tashriflar, qo‘shma tadbirlar va doimiy muloqot amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, atom energetikasi, madaniy-gumanitar, ta’lim va parlamentlararo hamkorlik sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma tashabbuslar va loyihalar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqani alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, hududlararo sheriklik doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Suhbat yakunida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu jumladan parlamentlararo va hududlararo aloqalarni kengaytirish bo‘yicha yaqin va samarali hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Prezident Uzbekistana provel vstrechu s Predsedatelem Pravitelstva Rossii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Mixail Mishustinni qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0