Shavkat Mirziyoyev Mixail Mishustinni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana provel vstrechu s Predsedatelem Pravitelstva Rossii
Prezident Uzbekistana provel vstrechu s Predsedatelem Pravitelstva Rossii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun olti davlat bosh vazirlari O‘zbekistonga keldi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tovar ayirboshlash barqaror o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan buyon uning hajmi 20 foizga oshdi. Energetika, metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish sur’atini saqlab qolishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish hamda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston yetakchisi hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda madaniy va ta’lim almashinuvi dasturlarini ilgari surish muhimligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun Rossiya hukumati delegatsiyasi beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan.

Ushbu forumda ishtirok etish uchun, shuningdek, Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadov, Qirg‘iziston bosh vaziri Adilbek Kasimaliyev, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchinlar boshchiligi nufuzli hukumat delegatsiyalari O‘zbekistonga kelgan.
Yangiliklar lentasi
0