https://oz.sputniknews.uz/20260619/oliy-sud-58443414.html
O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘zgardi
O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘zgardi
Sputnik O‘zbekiston
Robaxon Mahmudova 1958-yil 9-noyabrda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1983-yilda Toshkent davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini bitirgan. 2023-yil 12-may kuni O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi uni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatdi. 2023-yil 9-iyuldagi saylovda u 4,43 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
2026-06-19T09:15+0500
2026-06-19T09:15+0500
2026-06-19T09:15+0500
siyosat
oliy sud
robaxon mahmudova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0c/34876642_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_92c23cda13b3302bedcd72943cb1e242.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Robaxon Mahmudova O‘zbekiston Oliy sudining yangi raisi etib saylandi. Senat uni 18-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev taqdimnomasiga binoan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sayladi.Baxtiyor Islomov avvalroq muddatidan oldin Oliy sud raisi lavozimidan ozod etilgandi. Uning vakolatlari 2027-yil avgust oyida tugashi kerak edi.Robaxon Mahmudova 1958-yil 9-noyabrda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1983-yilda Toshkent davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini bitirgan.Mehnat faoliyatini 1976-yilda Farg‘ona viloyat sudida kotiblikdan boshlagan. Keyinchalik Farg‘ona shahridagi 1-davlat notarial idorasi notariusi, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Farg‘ona viloyat sudining sudyasi, Farg‘ona shahar sudi raisi bo‘lib ishlagan.2004–2008 yillarda Oliy sud sudyasi bo‘lgan. Keyinchalik Farg‘ona viloyati sudi raisi (shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi), Farg‘ona yuridik kolleji o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati bo‘yicha Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.2020 yil yanvar oyida Oliy Majlis senatori (IV chaqiriq) va Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangan. 2020-yil 13-iyulda Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari - ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangan (10 yil muddatga).2023 yil 12-may kuni O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi uni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatdi. 2023-yil 9-iyuldagi saylovda u 4,43 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.2024 yil 19-yanvardan - "Adolat" partiyasi Siyosiy kengashi raisi (Oliy suddagi lavozimidan ozod etilganidan keyin). Shuningdek, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasiga rahbarlik qiladi.2020 yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260609/sud-deklaratsiya-58224312.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0c/34876642_115:36:1157:818_1920x0_80_0_0_42aa31f95c83d2feb5f3776e6d61ba64.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, oliy sud, robaxon mahmudova
siyosat, oliy sud, robaxon mahmudova
O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘zgardi
Oliy sud rahbari bo‘lib ishlab kelayotgan Baxtiyor Islomov muddatidan oldin lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Robaxon Mahmudova O‘zbekiston Oliy sudining yangi raisi etib saylandi. Senat uni 18-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev
taqdimnomasiga binoan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sayladi.
Baxtiyor Islomov avvalroq muddatidan oldin Oliy sud raisi lavozimidan ozod etilgandi. Uning vakolatlari 2027-yil avgust oyida tugashi kerak edi.
Robaxon Mahmudova 1958-yil 9-noyabrda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1983-yilda Toshkent davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini bitirgan.
Mehnat faoliyatini 1976-yilda Farg‘ona viloyat sudida kotiblikdan boshlagan. Keyinchalik Farg‘ona shahridagi 1-davlat notarial idorasi notariusi, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Farg‘ona viloyat sudining sudyasi, Farg‘ona shahar sudi raisi bo‘lib ishlagan.
2004–2008 yillarda Oliy sud sudyasi bo‘lgan. Keyinchalik Farg‘ona viloyati sudi raisi (shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi), Farg‘ona yuridik kolleji o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati bo‘yicha Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2020 yil yanvar oyida Oliy Majlis senatori (IV chaqiriq) va Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangan. 2020-yil 13-iyulda Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari - ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangan (10 yil muddatga).
2023 yil 12-may kuni O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi uni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatdi. 2023-yil 9-iyuldagi saylovda u 4,43 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
2024 yil 19-yanvardan - "Adolat" partiyasi Siyosiy kengashi raisi (Oliy suddagi lavozimidan ozod etilganidan keyin). Shuningdek, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasiga rahbarlik qiladi.
2020 yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan.