Sud xodimlarining daromad va mol-mulki deklaratsiya qilinadi

© iStock / AndreyPopovSudya chitayet dokumenti.
Sudya chitayet dokumenti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2026
Obuna bo‘lish
Sudyalar uchun manfaatlar to‘qnashuvi, daromad va mol-mulk deklaratsiyalarini taqdim etish hamda tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimi ishga tushiriladi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda sud apparati xodimlari va ularning oila a’zolari daromadlari hamda mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
2027 yil 1-mayga qadar sud apparati xodimlari tomonidan deklaratsiyalarni taqdim etish, ularni tekshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimi ishga tushiriladi.
Qolaversa, sud tizimida korrupsiya, shubhali sxemalar va intizom buzilishlariga olib keluvchi omillarni aniqlashga xizmat qiluvchi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarish elektron axborot tizimi yaratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po povisheniyu effektivnosti sistemi komplayens-kontrolya v sudax. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2026
Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0