Mirziyoyev OKMK 3-mis boyitish fabrikasini yil oxirigacha to‘liq ishga tushirishni topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZapusk medno-obogatitelnoy fabriki №3 na Almalikskom gorno-metallurgicheskom kombinate.
Zapusk medno-obogatitelnoy fabriki №3 na Almalikskom gorno-metallurgicheskom kombinate. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2026
Obuna bo‘lish
3-mis boyitish fabrikasi to‘liq ishga tushgach, kombinatda mis konsentratining kunlik ishlab chiqarish hajmi 5 ming tonnaga oshadi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Joriy yil yakuniga qadar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida (OKMK) 3-mis boyitish fabrikasida barcha asosiy texnologik zanjirlar to‘liq ishga tushirilishi kerak. Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilar oldiga shunday vazifa qo‘ydi.
Davlat rahbariga mis sanoatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarining borishi va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berildi.
“Joriy yil yakuniga qadar 3-mis boyitish fabrikasida rudani qayta ishlash hajmini yanada oshirish, barcha asosiy texnologik zanjirlarni to‘liq ishga tushirish va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi”, - deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, 3-mis boyitish fabrikasi to‘liq ishga tushgach, kombinatda mis konsentratining kunlik ishlab chiqarish hajmi 2 ming 400 tonnadan 5 ming tonnaga oshishi ko‘zda tutilgan. Zamonaviy texnologiyalar joriy qilinishi hisobiga energiya sarfi va tannarxni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish imkoni paydo bo‘ladi.
Taqdimotda 4-mis boyitish fabrikasi loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda loyiha doirasida bazaviy injiniring hujjatlari tayyorlanmoqda, qurilish maydonida yer ishlari va geologik burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.
Mutasaddilarga 4-mis boyitish fabrikasi uchun zarur yer maydonlarini ajratish, qurilish maydonida tayyorgarlik ishlarini davom ettirish, bazaviy injiniring hujjatlarini belgilangan muddatda yakunlash va loyihani bosqichma-bosqich ishga tushirish rejasini aniqlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mart oyida OKMKda 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirilgan edi. Loyihaning qiymati - 2,7 milliard dollar. Fabrika to‘liq quvvatga chiqqanidan so‘ng yiliga 60 million tonna ma’danni qayta ishlash va 900 ming tonnaga yaqin mis konsentrati ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Dobicha zolotosoderjashey porodi na rudnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2026
Mirziyoyev: O‘zbekistonda 3 trln dollarlik kon va istiqbolli maydonlar aniqlangan
Yangiliklar lentasi
0