https://oz.sputniknews.uz/20260405/uzbekistan-3-trln-dollar-qazilma-56722421.html
Mirziyoyev: O‘zbekistonda 3 trln dollarlik kon va istiqbolli maydonlar aniqlangan
Mirziyoyev: O‘zbekistonda 3 trln dollarlik kon va istiqbolli maydonlar aniqlangan
Sputnik O‘zbekiston
Prezident geologlar kuni munosabati bilan sohadagi yutuqlarni ochiqladi: 2,5 mingdan ortiq kon, 30,7 mlrd dollarlik loyihalar va yangi zaxiralar qayd etildi. 05.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-05T11:20+0500
2026-04-05T11:20+0500
2026-04-05T11:32+0500
qazilma boyliklari
o‘zbekiston
iqtisod
oltin
uran
mis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/69/46/694614_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_2c8135a1a6fb57a40397cf306446e684.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev geologlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida O‘zbekistonning mineral xomashyo salohiyati va sohadagi so‘nggi natijalarni ma’lum qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatda umumiy bahosi taxminan 3 trillion dollarga teng 2 ming 500 dan ortiq kon va 3 mingdan ziyod istiqbolli maydonlar aniqlangan.Bugunga qadar 1 ming 458 ta qazilma obyekti onlayn auksion orqali sotilib, budjetga 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ tushdi va 100 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.So‘nggi o‘n yilda davlat budjetidan 8,2 trillion so‘m ajratilib, 2 mingga yaqin texnika va texnologiyalar joriy etildi, geologiya-qidiruv uskunalari 70 foizga yangilandi.2016–2025 yillarda 1 ming 900 dan ziyod yangi konlar ochildi. Uran zaxiralari esa 97 ming tonnadan 140 ming tonnagacha oshdi.“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga ko‘ra, oltin ishlab chiqarishni 1,5 barobar, kumushni 3 karra, misni 3,5 marta, shuningdek, uran, temir va ko‘mir ishlab chiqarishni 3 hissaga oshirish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260404/shavkat-mirziyoev-bir-guruh-geologiya-xodimlarini-mukofotladi-56715797.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/69/46/694614_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_7fa5a26b7295606da1aeceff51b9d0f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qazilma boyliklari, o‘zbekiston, iqtisod, oltin, uran, mis
qazilma boyliklari, o‘zbekiston, iqtisod, oltin, uran, mis
Mirziyoyev: O‘zbekistonda 3 trln dollarlik kon va istiqbolli maydonlar aniqlangan
11:20 05.04.2026 (yangilandi: 11:32 05.04.2026) Prezident geologlar kuni munosabati bilan sohadagi yutuqlarni ochiqladi: 2,5 mingdan ortiq kon, 30,7 mlrd dollarlik loyihalar va yangi zaxiralar qayd etildi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev geologlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida O‘zbekistonning mineral xomashyo salohiyati va sohadagi so‘nggi natijalarni ma’lum qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatda umumiy bahosi taxminan 3 trillion dollarga teng 2 ming 500 dan ortiq kon va 3 mingdan ziyod istiqbolli maydonlar aniqlangan.
So‘nggi yillarda sohaga xalqaro standartlar joriy qilinib, investitsiyaviy jozibadorlik oshirildi. Hozirda xorijiy investorlar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 30 milliard 700 million dollarlik 90 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Bugunga qadar 1 ming 458 ta qazilma obyekti onlayn auksion orqali sotilib, budjetga 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ tushdi va 100 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.
So‘nggi o‘n yilda davlat budjetidan 8,2 trillion so‘m ajratilib, 2 mingga yaqin texnika va texnologiyalar joriy etildi, geologiya-qidiruv uskunalari 70 foizga yangilandi.
2016–2025 yillarda 1 ming 900 dan ziyod yangi konlar ochildi. Uran zaxiralari esa 97 ming tonnadan 140 ming tonnagacha oshdi.
Shuningdek, Olmaliqda yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega yangi mis fabrikasi ishga tushirildi. Loyiha doirasida 6 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi, yillik tushum 5 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga ko‘ra, oltin ishlab chiqarishni 1,5 barobar, kumushni 3 karra, misni 3,5 marta, shuningdek, uran, temir va ko‘mir ishlab chiqarishni 3 hissaga oshirish rejalashtirilgan.