https://oz.sputniknews.uz/20260609/harbiy-havo-kuchlari-jangovar-qomondonligi-58226026.html
Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi
Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
16 yoshga to‘lgan va ID karta olgan o‘g‘il bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining axborot tizimidan olinib, ularni avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yish tartibini joriy etilishi nazarda tutilmoqda.
2026-06-09T14:14+0500
2026-06-09T14:14+0500
2026-06-09T14:25+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/09/58226146_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4fc3156d3a706057e008edfe7280d6c5.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etilmoqda. Mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuhammedov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida prezident tegishli farmonni imzolaganini ma’lum qildi.Shuningdek, taqdimotda mudofaa ishlari organlari faoliyatiga nol burokratiya tamoyilini joriy qilish maqsadida harbiy hisobga olish, tibbiy va chaqiruv komissiyalarini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ma’ruza qilingan.Shu bilan birga, mudofaa ishlari bo‘limlarida tibbiy komissiyadan o‘tish tartibi bekor qilinib, barcha tibbiy ko‘rik tadbirlarini tuman va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarda amalga oshirish reja qilinyapti.Mudofaa vazirining ta’kidlashicha, prezident barcha takliflarni ma’qullab, bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan bir qator topshiriqlarni belgilab bergan.Shuningdek, harbiy xizmatchilar va mudofaa ishlari organlari fuqaro xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan muhim qaror imzolangan.Mazkur qaror bilan Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan pul kompensatsiyasi 25 foizga oshirildi.Shu bilan birga, mudofaa ishlari organlari fuqaro xodimlarining ish haqi miqdori joriy yil 1-iyuldan 20 foizga, 2027-yil 1-yanvardan yana 50 foizga oshirilishi belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260609/havo-sarhad-58216017.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/09/58226146_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_8aad7684f3d34af31410adea84f61760.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston
Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi
14:14 09.06.2026 (yangilandi: 14:25 09.06.2026) Prezident havo hujumidan mudofaa tizimlari, yuqori aniqlikdagi qurollar va harbiy aviatsiyani samarali qo‘llash bo‘yicha tarixiy farmonni imzolagan.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etilmoqda. Mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuhammedov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida prezident tegishli farmonni imzolaganini
ma’lum qildi.
“Albatta, ushbu farmon harbiy aviatsiya va havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining jangovar imkoniyatlarini ikki barobarga oshishiga, shuningdek, muhim va strategik obyektlarni havo zarbalaridan himoyalash qobiliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi”, - dedi vazir.
Shuningdek, taqdimotda mudofaa ishlari organlari faoliyatiga nol burokratiya tamoyilini joriy qilish maqsadida harbiy hisobga olish, tibbiy va chaqiruv komissiyalarini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ma’ruza qilingan.
Unga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan va ID karta olgan o‘g‘il bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining axborot tizimidan olinib, ularni avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yish tartibini joriy etilishi nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, mudofaa ishlari bo‘limlarida tibbiy komissiyadan o‘tish tartibi bekor qilinib, barcha tibbiy ko‘rik tadbirlarini tuman va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarda amalga oshirish reja qilinyapti.
Mudofaa vazirining ta’kidlashicha, prezident barcha takliflarni ma’qullab, bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan bir qator topshiriqlarni belgilab bergan.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar va mudofaa ishlari organlari fuqaro xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan muhim qaror imzolangan.
Mazkur qaror bilan Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan pul kompensatsiyasi 25 foizga oshirildi.
Shu bilan birga, mudofaa ishlari organlari fuqaro xodimlarining ish haqi miqdori joriy yil 1-iyuldan 20 foizga, 2027-yil 1-yanvardan yana 50 foizga oshirilishi belgilandi.