Havo sarhadlarini himoya qilishning yangi tizimi joriy etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po otdelnim voprosam v sfere oboroni.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po otdelnim voprosam v sfere oboroni. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2026
Obuna bo‘lish
Harbiy aviatsiya bo‘linmalari zamon talablariga mos ravishda qayta tashkil qilinadi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda havo sarhadlarini himoya qilishning yangi tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Ta’kidlanishicha, islohotlar natijasida qo‘shinlar zamonaviy aviatsiya texnikalari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan ta’minlanmoqda. Amaliy parvoz mashg‘ulotlari ko‘lami bir necha barobar oshirilib, aviatsiya bo‘linmalarining jangovar shayligi mustahkamlanmoqda.
Taqdimotda havo sarhadlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, harbiy aviatsiya bo‘linmalarini zamon talablariga mos ravishda qayta tashkil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, bu o‘zgarishlar Harbiy havo kuchlarining jangovar qobiliyati va amaliy imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shinlarning tezkorligi va harakatchanligini oshirish hamda zamonaviy tahdidlarga javob berish salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Prezident qo‘shinlarning jangovar shayligi va tayyorgarligini oshirish, harbiy boshqaruv va ta’lim tizimiga ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Prezident provel soveshanie po voprosam ukrepleniya oboronosposobnosti strani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2026
Prezident huzurida mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Yangiliklar lentasi
0