"AvtoVAZ" O‘zbekistonda "Lada Largus" ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishAvtomobil Lada Largus Cross
Avtomobil Lada Largus Cross  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Obuna bo‘lish
"Lada" uchun Markaziy Osiyo bozori yana muhim yo‘nalishga aylanmoqda: "AvtoVAZ" mintaqada yig‘ish loyihalarini tiklashni reja qilgan.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiyaning "AvtoVAZ" kompaniyasi Qozog‘iston va O‘zbekistonda "Lada" avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha sheriklik loyihalarini ishga tushirish ustida ishlamoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Maksim Sokolov PXIF-2026 doirasida “Vesti”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Sokolovning aytishicha, kompaniya tashqi bozorlarda ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
"AvtoVAZ" 25 ta davlat bozoriga chiqishni mo‘ljallagan, Dubayda birinchi dilerlik markazini ochgan, Yaman va Ummonga avtomobillar yetkazib berishni boshlagan. Shuningdek, Vyetnamdagi hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq "AvtoVAZ" O‘zbekistonda "Lada Largus" modelini mahalliy brend ostida yirik uzelli yig‘ish — SKD formatida ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston uchun "Lada" yig‘ish tajribasi yangi emas. 2021-yilda Jizzaxdagi "ADM Jizzakh" zavodida "Lada" avtomobillarini yig‘ish boshlangan. Dastlab "Lada Vesta SW" va "Lada XRAY" modellari SKD usulida tayyorlangan, keyinroq "Lada Largus" ham qo‘shilishi rejalashtirilgan edi.
Surxondaryoda yengil yuk avtomashinasi ishlab chiqarilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2025
Surxondaryo viloyatida yengil yuk avtomashinalarini ishlab chiqarish boshlandi
Yangiliklar lentasi
0