Surxondaryo viloyatida yengil yuk avtomashinalarini ishlab chiqarish boshlandi

© Foto: Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiSurxondaryoda yengil yuk avtomashinasi ishlab chiqarilmoqda
Surxondaryoda yengil yuk avtomashinasi ishlab chiqarilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2025
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda qiymati 30 million dollar bo‘lgan, yillik quvvati 5 ming dona yengil yuk avtomobillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yengil yuk avtomobillari ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha umumiy qiymati 30 million dollar. Yillik quvvati 5 ming dona yengil yuk avtomobilini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Mazkur korxona "Humo New Energy" kompaniyasi tomonidan ishga tushirildi. Loyiha "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Surxondaryo viloyati hokimligi ko‘magida amalga oshirildi va uning doirasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Loyihaning keyingi bosqichida yengil yuk tashish uchun elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
© Foto: Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiSurxondaryoda yengil yuk avtomashinasi ishlab chiqarilmoqda
Surxondaryoda yengil yuk avtomashinasi ishlab chiqarilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2025
Surxondaryoda yengil yuk avtomashinasi ishlab chiqarilmoqda
Yagona davlat korxonalari, tashkilotlari, muassasalari va birlashmalari reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Humo New Energy” MChJ 2018-yil fevral oyida ro‘yxatdan o‘tgan. Ustav fondi - 42,47 milliard so‘m. Asosiy faoliyat turi - chuchuk suvlarda baliq ovlash.
Yangiliklar lentasi
0