https://oz.sputniknews.uz/20260604/kyrgyzstan-un-xavfsizlik-kengash-saylanish-tabrik-58079441.html
Mirziyoyev Japarovni Qirg‘izistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga saylangani bilan tabrikladi
Mirziyoyev Japarovni Qirg‘izistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga saylangani bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilib, Qirg‘izistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga saylangani bilan tabrikladi. Tomonlar hamkorlik va bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildi.
2026-06-04T12:19+0500
2026-06-04T12:19+0500
2026-06-04T12:19+0500
o‘zbekiston
siyosat
telefon suhbati
shavkat mirziyoyev
sadir japarov
tabrik
qirg‘iziston
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005122_0:83:1280:803_1920x0_80_0_0_69896f4e46945f12cd2d276b2f4e63cc.jpg
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Sadir Japarov va qardosh qirg‘iz xalqini mamlakatning 2027–2028 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylangani bilan tabrikladi.Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni, avvalo iqtisodiyot, transport, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Ma’lumot uchun: Qirg‘iziston BMT Xavfsizlik Kengashiga birinchi marta saylandi. Ovoz berishda 191 ta davlat ishtirok etgan. Qirg‘iziston 142 ta ovoz, Filippin esa 49 ta ovoz olgan. Mamlakatning vakolati 2027-yil 1-yanvardan boshlanib, 2028-yil oxirigacha davom etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260521/un-central-asia-chegara-masala-etirof-57733404.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005122_24:38:1110:852_1920x0_80_0_0_e8efde279e35d3c08f627eb77759080b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, siyosat, telefon suhbati, shavkat mirziyoyev, sadir japarov, tabrik, qirg‘iziston, bmt
o‘zbekiston, siyosat, telefon suhbati, shavkat mirziyoyev, sadir japarov, tabrik, qirg‘iziston, bmt
Mirziyoyev Japarovni Qirg‘izistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga saylangani bilan tabrikladi
Qirg‘iziston 142 ta ovoz bilan ilk bor BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etibsaylandi, uning vakolati 2027-yil 1-yanvardan boshlanadi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Sadir Japarov va qardosh qirg‘iz xalqini mamlakatning 2027–2028 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylangani bilan tabrikladi.
Mirziyoyev mazkur natija Qirg‘izistonning faol tashqi siyosati, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni, avvalo iqtisodiyot, transport, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumot uchun: Qirg‘iziston BMT Xavfsizlik Kengashiga birinchi marta saylandi. Ovoz berishda 191 ta davlat ishtirok etgan. Qirg‘iziston 142 ta ovoz, Filippin esa 49 ta ovoz olgan. Mamlakatning vakolati 2027-yil 1-yanvardan boshlanib, 2028-yil oxirigacha davom etadi.