https://oz.sputniknews.uz/20260521/un-central-asia-chegara-masala-etirof-57733404.html
BMT Markaziy Osiyoni chegara masalalarida namuna sifatida e’tirof etdi
BMT Markaziy Osiyoni chegara masalalarida namuna sifatida e’tirof etdi
Sputnik O‘zbekiston
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston birgalikda taqdim etgan chegara bahslarini tinch hal qilish rezolyutsiyasini konsensus asosida qabul qildi.
2026-05-21T10:28+0500
2026-05-21T10:28+0500
2026-05-21T10:28+0500
o‘zbekiston
chegara
qirg‘iziston
tojikiston
markaziy osiyo
tinchlik
siyosat
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/15/57733099_31:0:1169:640_1920x0_80_0_0_20931af1bcc5a8057e95314e6fe373af.jpg
TOShKENT, 21-may — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi Qirg‘iziston tashabbusi bilan “Chegara bahslarini tinch yo‘l bilan hal qilish” rezolyutsiyasini konsensus asosida qabul qildi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati xabar berdi.Hujjat Qirg‘iziston tomonidan Tojikiston va O‘zbekiston bilan birgalikda taqdim etilgan. Unga 40 tadan ortiq davlat hammualliflik qilgan.Hujjatda davlatlar chegara bahslariga duch kelganda, yechim tinchlik, qonuniylik va muloqotga asoslanishi kerakligi ta’kidlangan.Qayd etilishicha, rezolyutsiyada aks etgan Markaziy Osiyo tajribasi xalqaro hamjamiyat uchun konstruktiv namuna, qo‘shni davlatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlar modeli va mintaqaning xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi sifatida qaraladi.Qirg‘iziston TIVning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga intilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20251116/uzbekistan-kyrgyzstan-tajikistan-chegara-kelishuv-53511142.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/15/57733099_174:0:1027:640_1920x0_80_0_0_c88f338158d4282834600cbe5320ff99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, chegara, qirg‘iziston, tojikiston, markaziy osiyo, tinchlik, siyosat, bmt
o‘zbekiston, chegara, qirg‘iziston, tojikiston, markaziy osiyo, tinchlik, siyosat, bmt
BMT Markaziy Osiyoni chegara masalalarida namuna sifatida e’tirof etdi
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston birgalikda taqdim etgan chegara masalalarini tinch hal qilish rezolyutsiyasini qabul qildi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi Qirg‘iziston tashabbusi bilan “Chegara bahslarini tinch yo‘l bilan hal qilish” rezolyutsiyasini konsensus asosida qabul qildi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Hujjat Qirg‘iziston tomonidan Tojikiston va O‘zbekiston bilan birgalikda taqdim etilgan. Unga 40 tadan ortiq davlat hammualliflik qilgan.
Qirg‘iziston TIV ma’lumotiga ko‘ra, rezolyutsiyaning asosiy maqsadi — mintaqa davlatlarining chegara kabi nozik masalalarni tinch vositalar, xususan, muloqot, muzokara va o‘zaro kelishilgan usullar orqali hal qilish tajribasini xalqaro hamjamiyatga ko‘rsatish.
Hujjatda davlatlar chegara bahslariga duch kelganda, yechim tinchlik, qonuniylik va muloqotga asoslanishi kerakligi ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, rezolyutsiyada aks etgan Markaziy Osiyo tajribasi xalqaro hamjamiyat uchun konstruktiv namuna, qo‘shni davlatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlar modeli va mintaqaning xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi sifatida qaraladi.
“Rezolyutsiyaning qabul qilinishi Qirg‘iziston va mintaqa davlatlarining o‘nlab yillar davomida yechim topmagan murakkab masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilish qobiliyati xalqaro darajada e’tirof etilganining yana bir tasdig‘idir”, — deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston TIVning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga intilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.