"Gazprom" bilan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish masalasi muhokama qilindi

© PAO "Gazprom"Vstrecha zamestitelya premyer-ministra Jamshida Xodjayeva s glavoy "Gazproma" Alekseyem Millerom
Vstrecha zamestitelya premyer-ministra Jamshida Xodjayeva s glavoy Gazproma Alekseyem Millerom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Obuna bo‘lish
PXIF-2026 doirasida Aleksey Miller va Jamshid Xodjayev gaz sohasidagi hamkorlik va qishki talab davrida yetkazib berish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Sankt-Peterburgda o‘tayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF-2026) doirasida "Gazprom" boshqaruvi raisi Aleksey Miller O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ham ishtirok etdi.
Tomonlar gaz sohasidagi hamkorlikning borishini muhokama qildi. "Gazprom" ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonga, jumladan, qishki talab yuqori bo‘ladigan davrlarda ham gazni ishonchli yetkazib berishni ta’minlamoqda.
Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistonning energetika xavfsizligini ta’minlashda tabiiy gazning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, PXIF-2026 3–6 iyun kunlari Sankt-Peterburgda o‘tkazilmoqda. Forumning asosiy mavzusi — "Pragmatik muloqot — barqaror kelajak sari yo‘l".
Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berish 2023-yilda boshlangan. Yetkazib berish "O‘rta Osiyo — Markaz" magistral gaz quvurlari tizimi orqali teskari rejimda amalga oshiriladi. 2023-yilda "Gazprom" Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanganini ma’lum qilgan.
Manometr na gazokompressornoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2026
Martda gaz qazib olish o‘tgan yilga nisbatan 30% kamaydi, I chorakda import 2,2 barobar oshdi
Yangiliklar lentasi
0