Martda gaz qazib olish o‘tgan yilga nisbatan 30% kamaydi, I chorakda import 2,2 barobar oshdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishManometr na gazokompressornoy stansii
Manometr na gazokompressornoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2026
Obuna bo‘lish
Mart oyida O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 30 foizga kamaydi. Shu fonda birinchi chorakda gaz importi 2,2 barobar oshdi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Mart oyida O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 30 foizga kamaydi. Bu haqda "Finmarket" Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, mart oyida respublikada 2,7 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olingan. 2025-yil mart oyida esa bu ko‘rsatkich 3,9 mlrd kub metrni tashkil etgan.
Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda gaz qazib olish 9,6 mlrd kub metrni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga kam.

Shu bilan birga, gaz importi oshdi. PRAYM agentligi RIA Novosti o‘rgangan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, yanvar–mart oylarida O‘zbekiston 360,5 mln dollarlik tabiiy gaz import qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobar ko‘p.

Statistika ma’lumotlarida gaz qaysi davlatlardan import qilingani va uning fizik hajmi ochiqlanmagan. Shu bilan birga, PRAYM O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumotlariga tayanib, respublika kuz-qish mavsumida gaz tanqisligini qoplash uchun Rossiya va Turkmanistondan gaz import qilishini eslatgan.
2023 yilda "UzGasTrade" “Gazprom” bilan sutkasiga 9 mln kub metr gaz xarid qilish bo‘yicha ikki yillik shartnoma tuzgan. Bu yiliga qariyb 2,8 mlrd kub metrni tashkil etadi. Rossiya gazini yetkazib berish o‘sha yil kuzida Qozog‘iston hududi orqali boshlangan.
2024 yil iyunida esa “Gazprom” Qozog‘iston orqali O‘zbekiston va Qirg‘iziston iste’molchilariga Rossiya gazini tranzit qilish bo‘yicha 2040-yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomalar imzolagan.
Zapusk gazoprovoda Kasimovskoe PXG - KS Voskresensk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz eksporti sezilarli oshirildi — "Gazprom"
Yangiliklar lentasi
0