O‘zbekiston termasining JCh-2026 uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi

© Foto : adidasOfitsialniy mach YeVRO-2020 adidas Uniforia
Ofitsialniy mach YeVRO-2020 adidas Uniforia - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Obuna bo‘lish
Yakuniy qaydnomaga Ruslanbek Jiyanov, Umarali Rahmonaliyev, Jasur Jaloliddinov va Sherzod Temirov kiritilmadi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarni e’lon qildi. Yakuniy ro‘yxatdan 26 nafar futbolchi o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Darvozabonlar:
● O‘tkir Yusupov — “Navbahor”;
● Botirali Ergashev — “Neftchi”;
● Abduvohid Ne’matov — “Nasaf”.
Himoyachilar:
● Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”, Angliya;
● Hojiakbar Alijonov — “Paxtakor”;
● Farruh Sayfiyev — “Neftchi”;
● Rustam Ashurmatov — “Istiqlol”, Eron;
● Sherzod Nasrullayev — “Paxtakor”;
● Umar Eshmurodov — “Nasaf”;
● Abdulla Abdullayev — “Dibba”, BAA;
● Behruz Karimov — “Surxon”;
● Avazbek O‘lmasaliyev — OKMK;
● Jahongir O‘rozov — “Dinamo”.
Yarim himoyachilar:
● Akmal Mozgovoy — “Paxtakor”;
● Otabek Shukurov — “Baniyas”, BAA;
● Jamshid Iskanderov — “Neftchi”;
● Odil Hamrobekov — “Traktor”, Eron;
● Doston Hamdamov — “Paxtakor”;
● Aziz G‘aniyev — “Al Batayeh”, BAA;
● Sherzod Esanov — “Buxoro”.
Hujumchilar:
● Jaloliddin Masharipov — “Istiqlol”, Eron;
● Oston O‘runov — “Persepolis”, Eron;
● Eldor Shomurodov — “Istanbul Bashakshehir”, Turkiya;
● Aziz Amonov — “Dinamo”;
● Igor Sergeyev — “Persepolis”, Eron;
● Abbos Fayzullayev — “Istanbul Bashakshehir”, Turkiya.
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining 30 kishilik kengaytirilgan tarkibi e’lon qilingan edi. Yakuniy qaydnomaga esa Ruslanbek Jiyanov, Umarali Rahmonaliyev, Jasur Jaloliddinov va Sherzod Temirov kirmadi.
O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi. Mundialda O‘zbekiston K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi. Milliy jamoa musobaqadagi ilk uchrashuvini 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.
Fabio Kannavaro prokommentiroval porajenie sbornoy Uzbekistana ot Kanadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
O‘zbekiston Kanadaga 0:2 hisobida yutqazdi — Kannavaro xatolarni izohladi
Yangiliklar lentasi
0