O‘zbekiston va Yaponiya cho‘llanishga qarshi “yashil qoplamalar” yaratadi

© Depositphotos.com / PakhnyushchyyLes
Les - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Yaponiya qurg‘oqchil hududlarda cho‘llanishning oldini olish, yangi o‘rmonlar barpo etish va noyob daraxtlarni moslashtirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Samarqand shahrida Global ekologik fondning VIII Assambleyasi doirasida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘rmonchilik, cho‘llanishga qarshi kurashish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi hamda Yaponiyaning Sanoat, ma’naviy va madaniy taraqqiyot tashkiloti — OISCA o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Kelishuvga ko‘ra, mamlakatda yangi o‘rmonlar barpo etish va ularni muhofaza qilish, shuningdek, o‘rmonlardan barqaror foydalanish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Asosiy yo‘nalishlardan biri — respublikaning qurg‘oqchil va degradatsiyaga uchragan hududlarida cho‘llanishning oldini olish uchun “yashil qoplamalar” yaratish.

Tomonlar ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish, noyob daraxt turlarining urug‘larini mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi sohasida ilmiy tajriba almashish bo‘yicha ham kelishib oldi.
Bundan tashqari, seminarlar, treninglar, o‘quv kurslari va forumlarni birgalikda tashkil etish rejalashtirilgan.
Prezident prinimayet uchastie v meropriyatii po posadke derevyev v ramkax Yashil makon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2026
Suvsizlikka chidamli bog‘lar, deputatlarga bog‘ yaratishga pul: prezident topshiriqlari
Yangiliklar lentasi
0