https://oz.sputniknews.uz/20260401/boglar-ormonlar-prezident-56640264.html
Suvsizlikka chidamli bog‘lar, deputatlarga bog‘ yaratishga pul: prezident topshiriqlari
Suvsizlikka chidamli bog‘lar, deputatlarga bog‘ yaratishga pul: prezident topshiriqlari
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” tadbirida ishtirok etdi. O‘zbekistonda yashillik darajasi 14,2 foizga yetgani, “Mening bog‘im” dasturi uchun mablag‘ 400 mln so‘mga oshirilishi va yangi o‘rmonzorlar barpo etilishi aytildi.
2026-04-01T12:57+0500
2026-04-01T12:57+0500
2026-04-01T12:57+0500
o‘zbekiston
jamiyat
ekologiya
daraxt
shavkat mirziyoyev
orol dengizi
o‘rmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/01/56640095_0:266:2560:1706_1920x0_80_0_0_d44f07f482d55c16eee76440693c98d4.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlat rahbari ta’kidlashicha, O‘zbekistonda besh yildan buyon “Yashil makon” loyihasi amalga oshirilib, har yili 200 million tup ko‘chat ekib kelinmoqda.O‘tgan davrda:Ayrim tumanlarda 50 gektar maydonda suvsizlikka chidamli galofit bog‘lari tashkil etildi. Bu urug‘lar kelgusida minglab gektar yerlarda sho‘rlanishni kamaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.Natijada respublikada yashillik darajasi 8 foizdan 14,2 foizga yetdi. Bu yil “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusi doirasida 75 million tupdan ziyod daraxt va buta ko‘chati ekildi.2030 yilga qadar yashillik darajasini 30 foizga yetkazish maqsad qilingan. Buning uchun:Shuningdek, viloyat hokimlari kamida 100 gektardan botanika va dendrologiya bog‘lari hamda 20 tadan soya-salqin sayr ko‘chalari tashkil etishga mas’ul bo‘ladi.Bugungi tadbir o‘tkazilayotgan joyda 108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil etilmoqda. Prezident tadbir qatnashchilari bilan birga uning dastlabki 5 gektariga manzarali ko‘chatlar ekishga kirishdi.Shu bilan bir vaqtda respublika hududlarida yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tqaziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260324/issiqxonalar-avtomobillar-loyihalar-maqullanish-56464989.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/01/56640095_205:0:2480:1706_1920x0_80_0_0_686c1466d9834dc18a1b157d020a3bbe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yashil makon, ko‘chat ekish, o‘zbekiston, yashillik darajasi, mening bog‘im, milliy dendrologiya bog‘i, o‘rmonzorlar, orol, qoraqalpog‘iston, surxondaryo, sirdaryo, navoiy, buxoro, xorazm
yashil makon, ko‘chat ekish, o‘zbekiston, yashillik darajasi, mening bog‘im, milliy dendrologiya bog‘i, o‘rmonzorlar, orol, qoraqalpog‘iston, surxondaryo, sirdaryo, navoiy, buxoro, xorazm
Suvsizlikka chidamli bog‘lar, deputatlarga bog‘ yaratishga pul: prezident topshiriqlari
Prezident Shavkat Mirziyoyev dendrologiya bog‘ida “Yashil makon” tadbirida ishtirok etib, O‘zbekistonda yashillik darajasi 14,2 foizga yetgani va bu yil 75 milliondan ziyod ko‘chat ekilganini aytdi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Davlat rahbari ta’kidlashicha, O‘zbekistonda besh yildan buyon “Yashil makon” loyihasi amalga oshirilib, har yili 200 million tup ko‘chat ekib kelinmoqda.
2 ming gektardan ziyod maydonda 942 ta yashil bog‘ va jamoat parklari;
47 ta massivda “Yangi O‘zbekiston bog‘lari”;
tog‘, cho‘l va adirlarda 256 ming gektar o‘rmon;
Orol tubida 2 million gektar o‘rmonzorlar barpo etildi.
Shuningdek, shamol va qum-chang bo‘ronlarining oldini olish maqsadida 33 ta tumanda 60 kilometrli “yashil belbog‘” yaratildi. O‘tgan yili yiliga 5,5 million tup manzarali ko‘chat yetishtirish quvvatiga ega zamonaviy ko‘chatxonalar ishga tushirildi.
Ayrim tumanlarda 50 gektar maydonda suvsizlikka chidamli galofit bog‘lari tashkil etildi. Bu urug‘lar kelgusida minglab gektar yerlarda sho‘rlanishni kamaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Natijada respublikada yashillik darajasi 8 foizdan 14,2 foizga yetdi. Bu yil “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusi doirasida 75 million tupdan ziyod daraxt va buta ko‘chati ekildi.
2030 yilga qadar yashillik darajasini 30 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Surxondaryoda 10 ming gektarda “yashil makon”;
Sirdaryoda 84 kilometrli “yashil devor”;
Qoraqalpog‘istonda 1 million gektar;
Navoiy va Buxoroda 300 ming gektardan;
Xorazmda 85 ming gektar cho‘l hududida yangi o‘rmonzorlar yaratiladi.
Shuningdek, viloyat hokimlari kamida 100 gektardan botanika va dendrologiya bog‘lari hamda 20 tadan soya-salqin sayr ko‘chalari tashkil etishga mas’ul bo‘ladi.
“Mening bog‘im” dasturi doirasida har bir loyiha uchun ajratiladigan mablag‘ 250 million so‘mdan 400 million so‘mga oshiriladi. Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud yoki yashil bog‘ barpo etish uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi.
Bugungi tadbir o‘tkazilayotgan joyda 108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil etilmoqda. Prezident tadbir qatnashchilari bilan birga uning dastlabki 5 gektariga manzarali ko‘chatlar ekishga kirishdi.
Shu bilan bir vaqtda respublika hududlarida yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tqaziladi.