https://oz.sputniknews.uz/20260602/trump-netanyahu-noshukurlik-ayblov-58028867.html
Axios: Tramp Netanyaxuni “aqldan ozgan” deb atab, noshukurlikda aybladi
Axios: Tramp Netanyaxuni “aqldan ozgan” deb atab, noshukurlikda aybladi
Sputnik O‘zbekiston
Tramp Netanyaxuni Livandagi vaziyatni keskinlashtirishda ayblagan va Isroil Bayrutga zarba bersa, yanada yakkalanib qolishini aytgan. Reuters ma’lumoticha, Tramp keyinroq Isroil Bayrutga qo‘shin kiritmasligini bildirdi.
2026-06-02T11:43+0500
2026-06-02T11:43+0500
2026-06-02T11:43+0500
dunyo yangiliklari
aqsh – eron mojarosi
donald tramp
isroil
livan
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/02/58028444_0:107:1984:1223_1920x0_80_0_0_9712d93c622f00b5bf48f54d2839f4e8.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon suhbatida uni Livandagi harbiy keskinlashuv uchun qattiq tanqid qildi. Bu haqda Axios ikki amerikalik amaldor va suhbat mazmunidan xabardor yana bir manbaga tayanib xabar berdi.Trampning Netanyaxu haqidagi so‘zlarini sarhisob qilar ekan, amerikalik amaldor uning gaplarini shunday keltirdi:Axios manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Isroilning Bayrutga zarba berish rejasini ham to‘xtatgan.Nashrning yozishicha, Tramp Isroil “Hizbulloh” hujumlaridan himoyalanishga haqli ekanini tan olgan, ammo so‘nggi kunlarda Netanyaxu harakatlarini nomutanosib deb hisoblagan. AQSh prezidenti, ayniqsa, Bayrutga zarba berish tahdidlaridan norozi bo‘lgan."Reuters" ma’lumotiga ko‘ra, Tramp keyinroq "Truth Social" tarmog‘ida Netanyaxu bilan “juda samarali suhbat” o‘tkazganini yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayrutga qo‘shin kirmaydi, yo‘lga chiqqan bo‘linmalar esa ortga qaytarilgan.Eron esa Isroilning Livandagi harakatlari sabab AQSh bilan muzokaralardan chiqish bilan tahdid qilgan.Netanyaxu idorasi "Axios" so‘roviga javob bermagan. Biroq Isroil bosh vaziri suhbatdan keyingi bayonotida, agar “Hizbulloh” Isroilga hujumlarni to‘xtatmasa, Isroil Bayrutdagi nishonlarga zarba berishini, hozircha esa Livan janubida operatsiyalar davom etishini bildirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260521/netanyahu-iran-urush-boshlash-57738311.html
livan
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/02/58028444_107:0:1878:1328_1920x0_80_0_0_7d7a5e6829211ebfe95bc11e31cbe6ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, aqsh – eron mojarosi, donald tramp, isroil, livan, dunyoda
dunyo yangiliklari, aqsh – eron mojarosi, donald tramp, isroil, livan, dunyoda
Axios: Tramp Netanyaxuni “aqldan ozgan” deb atab, noshukurlikda aybladi
Nashr manbalariga ko‘ra, Tramp telefon suhbatida Netanyaxuni Livandagi keskinlashuv uchun qattiq tanqid qilib, Bayrutga zarba rejasini to‘xtatgan.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon suhbatida uni Livandagi harbiy keskinlashuv uchun qattiq tanqid qildi. Bu haqda Axios ikki amerikalik amaldor va suhbat mazmunidan xabardor yana bir manbaga tayanib
xabar berdi.
Trampning Netanyaxu haqidagi so‘zlarini sarhisob qilar ekan, amerikalik amaldor uning gaplarini shunday keltirdi:
“Sen tamoman aqldan ozgansan. Men bo‘lmaganimda qamoqda o‘tirarding. Men seni qutqardim. Endi seni hamma yomon ko‘radi. Shuning uchun hamma Isroilni yomon ko‘radi”.
Axios manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Isroilning Bayrutga zarba berish rejasini ham to‘xtatgan.
Nashrning yozishicha, Tramp Isroil “Hizbulloh” hujumlaridan himoyalanishga haqli ekanini tan olgan, ammo so‘nggi kunlarda Netanyaxu harakatlarini nomutanosib deb hisoblagan. AQSh prezidenti, ayniqsa, Bayrutga zarba berish tahdidlaridan norozi bo‘lgan.
"Reuters" ma’lumotiga ko‘ra, Tramp keyinroq "Truth Social" tarmog‘ida Netanyaxu bilan “juda samarali suhbat” o‘tkazganini yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayrutga qo‘shin kirmaydi, yo‘lga chiqqan bo‘linmalar esa ortga qaytarilgan.
"Axios" talqiniga ko‘ra, Trampning g‘azabiga asosiy sabab Netanyaxuning Livandagi harakatlari AQShning Eron bilan muzokaralarini izdan chiqarishi mumkinligi bo‘lgan.
Eron esa Isroilning Livandagi harakatlari sabab AQSh bilan muzokaralardan chiqish bilan tahdid qilgan.
Netanyaxu idorasi "Axios" so‘roviga javob bermagan. Biroq Isroil bosh vaziri suhbatdan keyingi bayonotida, agar “Hizbulloh” Isroilga hujumlarni to‘xtatmasa, Isroil Bayrutdagi nishonlarga zarba berishini, hozircha esa Livan janubida operatsiyalar davom etishini bildirgan.