Netanyaxu Eronga qarshi urushni qayta boshlashni xohlamoqda — Axios

© AP Photo / Maya AlleruzzoPremyer-ministr Izrailya Binyamin Netanyaxu
Premyer-ministr Izrailya Binyamin Netanyaxu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2026
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Tramp esa Tehron kelishuvga rozi bo‘lmasa, AQSh harakatga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron bilan muzokaralarga shubha bilan qaramoqda va harbiy harakatlarni qayta boshlash tarafdori, deb xabar bermoqda "Axios" manbalarga tayanib.
Portal ma’lumotiga ko‘ra, seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Netanyaxu o‘rtasida “qiyin telefon suhbati” bo‘lib o‘tgan.

"Netanyaxu muzokaralarga juda shubha bilan qaraydi va urushni qayta boshlashni xohlaydi... Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida keyingi harakatlar bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga keldi", - deyiladi xabarda.

Nashr manbasiga ko‘ra, suhbatdan keyin Netanyaxu jiddiy xavotirga tushgan.
Shu bilan birga, "Axios" isroillik manbaga tayanib, Netanyaxu yaqin haftalarda Vashingtonga borib, Tramp bilan uchrashmoqchi ekanini xabar qildi.
Tramp esa chorshanba kuni AQSh Sohil qo‘riqlash akademiyasidagi chiqishida, agar Eron tinchlik kelishuvini imzolamasa, Vashington masalani harbiy yo‘l bilan hal qilishi mumkinligini bildirdi.
“Masala shunda: yo biz borib, buni harbiy yo‘l bilan yakunlaymiz, yoki ular tinchlik kelishuvini imzolaydi”, — dedi Tramp.
Tramp Eron qurolli kuchlari jiddiy zarar ko‘rganini aytib, Tehrondan kelishuv bo‘yicha “to‘liq to‘g‘ri javob” kutayotganini ta’kidladi.
“Agar biz to‘g‘ri javob olmasak, hammasi juda tez bo‘ladi. Biz harakatga tayyormiz”, — dedi AQSh prezidenti jurnalistlarga.
Prezident SShA Donald Tramp vistupayet v Vostochnoy komnate Belogo doma v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2026
Tramp zarbalar qayta boshlanishi mumkinligini aytdi, Eron esa urushga tayyorligini bildirmoqda
Yangiliklar lentasi
0