Samarqandni “yashil” investitsiyalar poytaxti deb e’lon qilish taklif etildi

© SputnikAziz Abduxakimov
Aziz Abduxakimov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Obuna bo‘lish
Samarqand 100 tadan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar vakillarini birlashtirgan Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ko‘rgazmasiga mezbonlik qilmoqda.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Samarqandda Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Tadbirda 100 tadan ortiq mamlakatdan vakillar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, investorlar, ekologik mahsulot ishlab chiqaruvchilar va barqaror rivojlanish sohasi ekspertlari ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada ekologik mahsulotlar va xizmatlarga bag‘ishlangan 68 ta pavilon, shuningdek, Markaziy Osiyo ekoinnovatorlari o‘z ishlanmalarini namoyish etadigan 20 ta startap-maydoncha tashkil etildi.
Dasturdan “yashil” energetika, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslarini boshqarish, iqlimga moslashish va barqaror rivojlanishning boshqa yo‘nalishlariga bag‘ishlangan forumlar, taqdimotlar va mavzuli tadbirlar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaga 10 mingga yaqin mutaxassis tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ko‘rgazma ochilishida Samarqandning ekologik diplomatiya, “yashil” moliyalashtirish va barqaror texnologiyalarni ilgari surishdagi roli ortib borayotganini ta’kidladi.
U Samarqandni Markaziy Osiyoning “yashil” investitsiyalar va innovatsiyalar poytaxti deb e’lon qilishni taklif qildi.
Abduhakimovning aytishicha, Eco Expo Central Asia amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy jihatdan jozibador ekologik loyihalarni ishlab chiqish, yangi qo‘shma tashabbuslarni boshlash va uzoq muddatli xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun samarali platformaga aylanishi kerak.
Les - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
O‘zbekiston va Yaponiya cho‘llanishga qarshi “yashil qoplamalar” yaratadi
Yangiliklar lentasi
0