https://oz.sputniknews.uz/20260602/paxtachi-elektromoped-kanal-qulash-halok-58031333.html
Paxtachida 8 kishi mingan elektromoped kanalga qulab tushdi — 4 nafari halok bo‘ldi
Paxtachida 8 kishi mingan elektromoped kanalga qulab tushdi — 4 nafari halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yuk tashishga mo‘ljallangan elektromoped 8 kishi bilan “Narpay” kanaliga qulab tushdi. Ularning 4 nafari halok bo‘ldi, 4 nafari aholi tomonidan qutqarildi.
2026-06-02T12:55+0500
2026-06-02T12:55+0500
2026-06-02T13:09+0500
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
samarqand viloyati
favqulodda holat
jamiyat
o‘zbekiston
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/305/70/3057057_0:458:2013:1590_1920x0_80_0_0_7cbe36e40035909fd5736b36981645a8.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yuk tashishga mo‘ljallangan elektromoped Narpay kanaliga qulab tushdi. Unda 8 kishi bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.Hodisa 31-may kuni soat 20:25 atrofida Paxtachi tumani “Ukrach” MFY hududida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, elektromoped haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.FVV ma’lumotiga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borganida kanalga tushib ketgan 8 kishidan 4 nafari aholi tomonidan qutqarib qolingani aniqlangan.Surishtiruv davomida aniqlanishicha, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro yuk tashishga mo‘ljallangan elektromopedga turmush o‘rtog‘i, o‘zi va qo‘shni xonadondan 6 nafar voyaga yetmagan bolani mindirgan.Hozir tuman prokuraturasi, IIB va FVB xodimlari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260414/ohangaron-toglar-yoqolgan-bola-topilish-56889481.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/305/70/3057057_0:269:2013:1779_1920x0_80_0_0_1091fcbf7e012760a7af26419688c877.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), samarqand viloyati, favqulodda holat, jamiyat, o‘zbekiston, hodisalar
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), samarqand viloyati, favqulodda holat, jamiyat, o‘zbekiston, hodisalar
Paxtachida 8 kishi mingan elektromoped kanalga qulab tushdi — 4 nafari halok bo‘ldi
12:55 02.06.2026 (yangilandi: 13:09 02.06.2026) Paxtachi tumanida yuk tashishga mo‘ljallangan elektromoped 8 kishi, jumladan, 6 nafar bola bilan kanalga qulab tushdi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yuk tashishga mo‘ljallangan elektromoped Narpay kanaliga qulab tushdi. Unda 8 kishi bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati
xabar berdi.
Hodisa 31-may kuni soat 20:25 atrofida Paxtachi tumani “Ukrach” MFY hududida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, elektromoped haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borganida kanalga tushib ketgan 8 kishidan 4 nafari aholi tomonidan qutqarib qolingani aniqlangan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida qolgan 4 nafar fuqaro halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Surishtiruv davomida aniqlanishicha, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro yuk tashishga mo‘ljallangan elektromopedga turmush o‘rtog‘i, o‘zi va qo‘shni xonadondan 6 nafar voyaga yetmagan bolani mindirgan.
Hozir tuman prokuraturasi, IIB va FVB xodimlari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.