Ohangaron tog‘larida yo‘qolgan 4 yoshli bola qorlar orasidan topildi

© Sputnik / Baxrom XatamovGori v Uzbekistane
Gori v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2026
Obuna bo‘lish
Qutqaruvchilar tun yarmida Ohangaron tumani qorli tog‘larida qarovsiz qolgan 4 yoshli bolani topib, uni oilasiga sog‘-salomat qaytardi
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Toshkent viloyatining Ohangaron tumani tog‘larida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola FVV qutqaruvchilari tomonidan 6,5 soatli qidiruvdan so‘ng tirik holda topildi.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, 13-aprel kuni olti kishidan iborat oila dam olish uchun tog‘ga chiqqan. Sayr vaqtida kattalar soat 17:00 larda tog‘ cho‘qqisidagi qorlarni ko‘rish uchun yuqoriga ko‘tarilgan, keyin esa bolani unutib, shu yerda qoldirgan holda pastga tushib ketishgan. Uning yo‘qolgani taxminan 40 daqiqadan keyin ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng yaqinlari qutqaruvchilarga murojaat qilgan. Bolani qidirish ishlariga FVVning qidiruv-qutqaruv guruhlari jalb etilgan va operatsiya tungacha davom etgan.
14 aprel soat 00:20 da bola ota-onasi uni qoldirib ketgan joydan taxminan 3 km uzoqlikda topilgan. Topilgan vaqtda bola tizzasigacha qor ichida jim holda turgan bo‘lgan. U yaqinlariga sog‘-salomat topshirilgan.
Gimalai s vershini gori Everest v Nepale  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
Qozog‘iston tog‘larida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0