https://oz.sputniknews.uz/20260602/kyiv-starobelsk-hujum-58027144.html
Putin: Kiyev Starobelskdagi hujum orqali mojaroga yangi tus bermoqchi
Putin: Kiyev Starobelskdagi hujum orqali mojaroga yangi tus bermoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Starobelskda jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash va tergov jarayoni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Putin aybdorlar jazolanishini aytdi, Tergov qo‘mitasi esa dronlar Xarkov viloyatidan uchirilganini ma’lum qildi.
2026-06-02T11:02+0500
2026-06-02T11:02+0500
2026-06-02T11:02+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir putin
ukraina
dunyo yangiliklari
dunyoda
lugansk xalq respublikasi (lxr)
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/16/52154832_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_3bddf5891884c19a83632d665d6797a4.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Starobelskdagi kollejga hujumdan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash va tergov jarayoni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Putin hujumni “og‘ir jinoyat” deb atab, aybdorlar jazolanishi kerakligini ta’kidladi.Bosh prokuror Aleksandr Gutsanning aytishicha, jinoyat ishi doirasida hujum tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin esa dronlar Xarkov viloyati hududidan uchirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyidan yettita uchuvchisiz uchish apparati dvigatellari, dron bo‘laklari, o‘q-dori parchalari va Starlink antennasi qismlari topilgan.Bastrikin tergov Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qo‘llanilayotgan dron turlarini aniqlayotganini ham bildirdi. LXR rahbari Leonid Pasechnik qutqaruv operatsiyasi 45 soat davom etganini, shu vaqt ichida bir necha bor uchuvchisiz uchish apparatlari xavfi e’lon qilinganini aytdi.Yig‘ilishda Putin Starobelskdagi hujum oqibatida 21 nafar kollej talabasi halok bo‘lgani va 42 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260525/ombudsman-starobelsk-fojia-57847172.html
ukraina
lugansk xalq respublikasi (lxr)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/16/52154832_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_17c5ce53df2934787f774f43e6622cdd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, ukraina, dunyo yangiliklari, dunyoda, lugansk xalq respublikasi (lxr), rossiya
vladimir putin, ukraina, dunyo yangiliklari, dunyoda, lugansk xalq respublikasi (lxr), rossiya
Putin: Kiyev Starobelskdagi hujum orqali mojaroga yangi tus bermoqchi
Vladimir Putin Starobelskdagi kollejga hujum oqibatlarini muhokama qildi. Tergovchilar hodisa joyidan dron va Starlink qismlari topilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Starobelskdagi kollejga hujumdan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash va tergov jarayoni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Putin hujumni “og‘ir jinoyat” deb atab, aybdorlar jazolanishi kerakligini ta’kidladi.
“Ko‘rinib turibdiki, Kiyev rahbariyati Starobelskdagi pedagogika kolleji va Genicheskda bolalar hamda o‘smirlarga qarshi ongli ravishda og‘ir jinoyat sodir etib, o‘z jinoyatlari qatorida yangi sahifa ochishga, mojaroga esa yangi tus berishga qaror qilgan”, — dedi Putin.
Bosh prokuror Aleksandr Gutsanning aytishicha, jinoyat ishi doirasida hujum tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin esa dronlar Xarkov viloyati hududidan uchirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyidan yettita uchuvchisiz uchish apparati dvigatellari, dron bo‘laklari, o‘q-dori parchalari va Starlink antennasi qismlari topilgan.
Bastrikin tergov Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qo‘llanilayotgan dron turlarini aniqlayotganini ham bildirdi.
Uning aytishicha, ayrim apparatlarda NATO mamlakatlari, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Chexiya, Turkiya va Boltiqbo‘yi davlatlariga oid butlovchi qismlar aniqlangan.
LXR rahbari Leonid Pasechnik qutqaruv operatsiyasi 45 soat davom etganini, shu vaqt ichida bir necha bor uchuvchisiz uchish apparatlari xavfi e’lon qilinganini aytdi.
Yig‘ilishda Putin Starobelskdagi hujum oqibatida 21 nafar kollej talabasi halok bo‘lgani va 42 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.