https://oz.sputniknews.uz/20260525/ombudsman-starobelsk-fojia-57847172.html
Halok bo‘lgan qizlar nikoh libosida dafn etiladi — ombudsman Starobelsk fojiasi haqida
Halok bo‘lgan qizlar nikoh libosida dafn etiladi — ombudsman Starobelsk fojiasi haqida
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya ombudsmani Yana Lantratova Starobelskdagi kollejga hujumni harbiy jinoyat deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hudud bir vaqtning o‘zida bunchalik ko‘p bolalar halok bo‘lganini ko‘rmagan.
2026-05-25T13:16+0500
2026-05-25T13:16+0500
2026-05-25T13:16+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
halok bo‘lganlar
dron
ukraina
lugansk xalq respublikasi (lxr)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/19/57846963_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_5ce5dfa91fdd3f8c7e45915f9d72a2e9.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. LXRning Starobelsk shahridagi kollejga hujum oqibatida halok bo‘lgan ko‘plab qizlar nikoh libosida dafn etiladi. Bu haqda Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Yana Lantratova jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.Uning so‘zlariga ko‘ra, Starobelskda bu qadar ko‘p bolalar bir vaqtda halok bo‘lgan holat avval kuzatilmagan. Lantratova kollejga uyushtirilgan hujumni “aniq harbiy jinoyat” deb atadi.Lantratova LXRga kelgan xorijiy jurnalistlarni Starobelskdagi kollej atrofida harbiy obyektlar yo‘qligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, buni qayd etishga chaqirdi.Lantratova hujum tasodifiy bo‘lmaganini ta’kidladi.Uning aytishicha, qutqaruv ishlari davom etayotgan keyingi kunlarda ham hudud o‘qqa tutilgan.RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, 24-may kuni 19 davlatdan kelgan xorijiy jurnalistlar Starobelskdagi fojia joyida bo‘ldi. Ular hujum oqibatlarini ko‘rgan, guvohlar va respublika vakillari bilan suhbatlashgan.Lantratova avvalroq Rossiya xalqaro tashkilotlardan Starobelskdagi kollej yotoqxonasiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirishini kutayotganini aytgan edi. U hujum tinch obyektga qaratilganini ta’kidlagan.LXR rahbari Leonid Pasechnik ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida 21 nafar o‘quvchini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan, 44 nafar talaba jarohatlangan. Hujum vaqtida binoda 86 nafar o‘quvchi bo‘lgani aytilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260524/xorij-jurnalist-starobelsk-korsatilish-57832312.html
ukraina
lugansk xalq respublikasi (lxr)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/19/57846963_215:0:2946:2048_1920x0_80_0_0_ace893c04a1e376e05ac666342f4ccd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, halok bo‘lganlar, dron, ukraina, lugansk xalq respublikasi (lxr)
dunyo yangiliklari, dunyoda, halok bo‘lganlar, dron, ukraina, lugansk xalq respublikasi (lxr)
Halok bo‘lgan qizlar nikoh libosida dafn etiladi — ombudsman Starobelsk fojiasi haqida
Rossiya ombudsmani Yana Lantratova Starobelskdagi kollejga hujum oqibatida halok bo‘lgan ko‘plab qizlar nikoh libosida dafn etilishini aytdi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. LXRning Starobelsk shahridagi kollejga hujum oqibatida halok bo‘lgan ko‘plab qizlar nikoh libosida dafn etiladi. Bu haqda Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Yana Lantratova jurnalistlarga ma’lum qildi, deb
xabar berdi RIA Novosti.
“Bilasizmi, eng qo‘rqinchlisi nima? Menga ko‘plab qizlarni nikoh libosida dafn qilishlarini aytishdi”, — dedi Lantratova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Starobelskda bu qadar ko‘p bolalar bir vaqtda halok bo‘lgan holat avval kuzatilmagan. Lantratova kollejga uyushtirilgan hujumni “aniq harbiy jinoyat” deb atadi.
Lantratova LXRga kelgan xorijiy jurnalistlarni Starobelskdagi kollej atrofida harbiy obyektlar yo‘qligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, buni qayd etishga chaqirdi.
“Bu yerda hech qanday harbiy obyekt yo‘q. Biz ularga haqiqatni ko‘rsatmoqchimiz”, — dedi u.
Lantratova hujum tasodifiy bo‘lmaganini ta’kidladi.
“Bu havo mudofaasining xatosi emas edi. Bu tasodifiy o‘q otish ham emasdi. Bu ov edi — qayta o‘qlash uchun tanaffuslar bilan, binodan yugurib chiqayotganlarni nishonga olish osonroq bo‘lishi uchun”, — deb yozdi u “Maks” platformasidagi kanalida.
Uning aytishicha, qutqaruv ishlari davom etayotgan keyingi kunlarda ham hudud o‘qqa tutilgan.
“Ularga halok bo‘lgan bolalar kamlik qildi. Keyingi kunlarda bu yerda bolalarni izlab topishayotgan, biz ota-onalarning dahshatli yig‘isini ko‘rgan paytimizda ham ularga baribir edi, ular doimiy ravishda o‘q uzishdi”, — dedi Lantratova.
RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, 24-may kuni 19 davlatdan kelgan xorijiy jurnalistlar Starobelskdagi fojia joyida bo‘ldi. Ular hujum oqibatlarini ko‘rgan, guvohlar va respublika vakillari bilan suhbatlashgan.
Lantratova avvalroq Rossiya xalqaro tashkilotlardan Starobelskdagi kollej yotoqxonasiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirishini kutayotganini aytgan edi. U hujum tinch obyektga qaratilganini ta’kidlagan.
LXR rahbari Leonid Pasechnik ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida 21 nafar o‘quvchini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan, 44 nafar talaba jarohatlangan. Hujum vaqtida binoda 86 nafar o‘quvchi bo‘lgani aytilmoqda.