https://oz.sputniknews.uz/20260602/eu-migrantlar-uzbekistan-saqlanish-tiv-izoh-58021212.html
YeIda boshpana ololmagan migrantlar O‘zbekistonda saqlanadimi - TIV izoh berdi
YeIda boshpana ololmagan migrantlar O‘zbekistonda saqlanadimi - TIV izoh berdi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq Politico YeI O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi davlatlarda boshpana olishi rad etilgan migrantlar uchun markazlar tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini yozgan edi. TIV bunday muzokaralar haqida ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi
2026-06-02T09:56+0500
2026-06-02T09:56+0500
2026-06-02T10:13+0500
migratsiya
migrantlar
yevropa ittifoqi
o‘zbekiston tiv
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0f/45200945_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c25028722683309c0acad413a93b179d.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi bilan mamlakatda boshpana olishi rad etilgan migrantlarni saqlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida ma’lumotga ega emas. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat tashqi siyosat idorasi matbuot xizmati xabar berdi.Avvalroq "Politico" diplomatik manbalarga tayanib, Yevropa Ittifoqi blokdan tashqaridagi sakkiz-o‘nta davlatga, jumladan, Qozog‘iston va O‘zbekistonga murojaat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.Gap YeI mamlakatlarida boshpana olishi rad etilgan migrantlarni saqlash markazlarini tashkil etish haqida bormoqda.Gap shundaki, YeIda boshpana so‘ragan ayrim migrantlarga rad javobi berilsa ham, ularni kelgan mamlakatiga darhol qaytarish oson emas. Masalan, hujjat, xavfsizlik yoki qabul qilish bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Germaniya va Gretsiya bunday markazlarni muhokama qilmoqda. Hamkor davlatlarga esa rivojlanish sohasida yordam va viza rejimini liberallashtirish bo‘yicha imkoniyatlar taklif qilinishi mumkin.Avvalroq Qozog‘iston TIV ham mamlakatda YeIda boshpana olishi rad etilgan migrantlar uchun markazlar ochilishi haqidagi xabarlarni rad etgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260504/austria-afghans-uzbekistan-deportatsiya-57313322.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0f/45200945_88:0:2819:2048_1920x0_80_0_0_d41c036df34fd2889f9e722ab936c073.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, yevropa ittifoqi, o‘zbekiston tiv, o‘zbekiston
migratsiya, migrantlar, yevropa ittifoqi, o‘zbekiston tiv, o‘zbekiston
YeIda boshpana ololmagan migrantlar O‘zbekistonda saqlanadimi - TIV izoh berdi
09:56 02.06.2026 (yangilandi: 10:13 02.06.2026) O‘zbekiston TIV mamlakatda YeIda boshpana olishi rad etilgan migrantlar uchun markazlar ochish bo‘yicha muzokaralar haqida ma’lumot yo‘qligini bildirdi. Avvalroq Qozog‘iston ham bu xabarni rad etgandi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi bilan mamlakatda boshpana olishi rad etilgan migrantlarni saqlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida ma’lumotga ega emas. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat tashqi siyosat idorasi matbuot xizmati
xabar berdi.
“Ushbu masala bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida ma’lumotga ega emasmiz”, — dedi vazirlikdagi suhbatdosh "Politico" xabariga munosabat berar ekan.
Avvalroq "Politico" diplomatik manbalarga tayanib, Yevropa Ittifoqi blokdan tashqaridagi sakkiz-o‘nta davlatga, jumladan, Qozog‘iston va O‘zbekistonga murojaat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.
Gap YeI mamlakatlarida boshpana olishi rad etilgan migrantlarni saqlash markazlarini tashkil etish haqida bormoqda.
Gap shundaki, YeIda boshpana so‘ragan ayrim migrantlarga rad javobi berilsa ham, ularni kelgan mamlakatiga darhol qaytarish oson emas. Masalan, hujjat, xavfsizlik yoki qabul qilish bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun Yevropa davlatlari bunday odamlarni vaqtincha YeIdan tashqaridagi maxsus markazlarga joylashtirish g‘oyasini muhokama qilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Germaniya va Gretsiya bunday markazlarni muhokama qilmoqda. Hamkor davlatlarga esa rivojlanish sohasida yordam va viza rejimini liberallashtirish bo‘yicha imkoniyatlar taklif qilinishi mumkin.
Avvalroq Qozog‘iston TIV ham mamlakatda YeIda boshpana olishi rad etilgan migrantlar uchun markazlar ochilishi haqidagi xabarlarni rad etgan edi.