https://oz.sputniknews.uz/20260504/austria-afghans-uzbekistan-deportatsiya-57313322.html
Avstriya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali deportatsiya qilmoqchi — Die Presse
Avstriya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali deportatsiya qilmoqchi — Die Presse
Sputnik O‘zbekiston
Avstriya 7-may kuni Toshkentda O‘zbekiston bilan migratsiya, deportatsiya va tranzit bo‘yicha mobillik kelishuvini imzolamoqchi. Die Presse ma’lumotiga ko‘ra, hujjat afg‘onlarni O‘zbekiston orqali qaytarishga ham yo‘l ochishi mumkin.
2026-05-04T15:48+0500
2026-05-04T15:48+0500
2026-05-04T15:48+0500
migratsiya
afg‘oniston
migrantlar
tashrif
avstriya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/13/20154442_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_9a53dd93b2a001b48e5578f2dddee8e6.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Avstriya O‘zbekiston bilan migratsiya, deportatsiya va deportatsiya qilinadigan shaxslarni o‘z vataniga tranzit qilish bo‘yicha mobillik kelishuvini imzolashga tayyorlanmoqda.Avstriya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat ichki ishlar vaziri Gerxard Karner va tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger 7-may kuni Toshkentda mazkur hujjatni imzolashi rejalashtirilgan.Rasmiy xabarda kelishuv noqonuniy migratsiya, odam savdosi, migrantlarni tashuvchi jinoiy guruhlar va qalbaki hujjatlarga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgani aytilgan. Hujjat, shuningdek, deportatsiya va deportatsiya qilinadigan shaxslarni o‘z vataniga tranzit qilish bo‘yicha hamkorlikni ham nazarda tutadi.Nashr bu yo‘nalishni Afg‘onistonga deportatsiya uchun “ikkinchi darvoza” deb atagan. Gazetaga ko‘ra, shu paytgacha Avstriyadan Afg‘onistonga deportatsiya jarayonlari Istanbul aeroporti orqali amalga oshirilgan.Shu bilan birga, rasmiy ma’lumotlarda kelishuv faqat deportatsiya bilan cheklanmasligi qayd etilgan. Avstriya hukumatiga ko‘ra, hujjat o‘zbekistonlik malakali mutaxassislar, talabalar va tadqiqotchilarning Avstriyaga qonuniy borishi bo‘yicha axborot almashinuvini ham yaxshilaydi."Die Presse" ham kelishuv qonuniy migratsiya yo‘llarini mustahkamlashni nazarda tutishini yozgan. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik malakali mutaxassislar uchun Avstriya mehnat bozoriga kirish bo‘yicha imkoniyatlar mavjud.
https://oz.sputniknews.uz/20251014/uzbekistan-austria-astana-viza-migratsiya-52678358.html
avstriya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/13/20154442_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_b76b9723fbb029b88d5cafc600bab5da.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, afg‘oniston, migrantlar, tashrif, avstriya, o‘zbekiston
migratsiya, afg‘oniston, migrantlar, tashrif, avstriya, o‘zbekiston
Avstriya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali deportatsiya qilmoqchi — Die Presse
Avstriya vazirlari Toshkentda O‘zbekiston bilan migratsiya, deportatsiya va qonuniy mehnat harakatchanligi bo‘yicha kelishuv imzolashi kutilmoqda.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Avstriya O‘zbekiston bilan migratsiya, deportatsiya va deportatsiya qilinadigan shaxslarni o‘z vataniga tranzit qilish bo‘yicha mobillik kelishuvini imzolashga tayyorlanmoqda.
Avstriya hukumati
ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat ichki ishlar vaziri Gerxard Karner va tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger 7-may kuni Toshkentda mazkur hujjatni imzolashi rejalashtirilgan.
Rasmiy
xabarda kelishuv noqonuniy migratsiya, odam savdosi, migrantlarni tashuvchi jinoiy guruhlar va qalbaki hujjatlarga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgani aytilgan. Hujjat, shuningdek, deportatsiya va deportatsiya qilinadigan shaxslarni o‘z vataniga tranzit qilish bo‘yicha hamkorlikni ham nazarda tutadi.
"Die Presse" nashri ma’lumotiga ko‘ra, Avstriya Afg‘onistonga deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan shaxslarni avstriyalik kuzatuvchilar hamrohligida O‘zbekiston orqali Kabulga yetkazmoqchi. Nashr bu mexanizm to‘g‘ridan-to‘g‘ri deportatsiya qilish qiyinlashgan sharoitda muqobil yo‘l sifatida ko‘rilayotganini yozadi.
Nashr bu yo‘nalishni Afg‘onistonga deportatsiya uchun “ikkinchi darvoza” deb atagan. Gazetaga ko‘ra, shu paytgacha Avstriyadan Afg‘onistonga deportatsiya jarayonlari Istanbul aeroporti orqali amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, rasmiy ma’lumotlarda kelishuv faqat deportatsiya bilan cheklanmasligi qayd etilgan. Avstriya hukumatiga ko‘ra, hujjat o‘zbekistonlik malakali mutaxassislar, talabalar va tadqiqotchilarning Avstriyaga qonuniy borishi bo‘yicha axborot almashinuvini ham yaxshilaydi.
"Die Presse" ham kelishuv qonuniy migratsiya yo‘llarini mustahkamlashni nazarda tutishini yozgan. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik malakali mutaxassislar uchun Avstriya mehnat bozoriga kirish bo‘yicha imkoniyatlar mavjud.