Kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga o‘tish chegarasi qariyb 5 mlrd so‘mgacha oshirildi

© iStock / ridvan_celikMujchina schitayet na kalkulyatore
Mujchina schitayet na kalkulyatore - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
Obuna bo‘lish
Endilikda yillik tushumi 4,94 mlrd so‘mdan oshmagan tadbirkorlar soddalashtirilgan soliq rejimida qolishi mumkin. Avval bu chegara 1 mlrd so‘m edi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda kichik biznes uchun soliq chegarasi oshirildi. Endilikda yillik tushumi BHMning 12 ming baravari — hozirgi hisobda 4,94 milliard so‘mdan oshmagan tadbirkorlar soddalashtirilgan soliq rejimida qolishi mumkin. Bu kichik biznes o‘sishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan prezident farmonida belgilandi.
Avval bu chegara 1 milliard so‘m edi. Undan oshgan biznes umumiy soliq rejimiga o‘tib, QQS va foyda solig‘i to‘lashi kerak bo‘lardi.
Hujjat bilan umumiy ovqatlanish, savdo, xizmat ko‘rsatish va mehmonxona sohalaridagi ayrim tadbirkorlar uchun ham qo‘shimcha yengilliklar joriy etilmoqda.
2026 yil 1-iyundan mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul to‘lovlarini qabul qilishga ruxsat beriladi.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda, shu kunning o‘zida va muayan muddatga rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalariga to‘langan QQSning bir qismi qaytariladi. Qaytariladigan summa to‘langan soliqning 40 foizini tashkil etadi.
2026 yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvargacha asosiy faoliyati umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lgan tadbirkorlar QQSni hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini ixtiyoriy tanlashi mumkin.
Bu tartibda QQS stavkasi barcha aylanmalar uchun 6 foiz etib belgilanadi. Foyda solig‘i stavkasi esa 0 foiz bo‘ladi va foyda solig‘i bo‘yicha hisobot topshirish majburiyati bekor qilinadi. Shu bilan birga, sotib olingan tovar va xizmatlar uchun to‘langan QQSni hisobga olish huquqi berilmaydi.
2027 yildan esa alkogol mahsulotlarini chakana sotish va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar birlashtiriladi. Uning stavkasi BHMning 10 foizi miqdorida belgilanadi.
Bundan tashqari, Toshkent shahridan tashqari hududlarda umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq mol-mulk tadbirkorlarga ijaraga berilganda, soliq maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanmaydi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey po podderjke malogo i srednego biznesa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
Kredit tarixi bo‘lmagan tadbirkorlar uchun imkoniyatlar kengayadi — takliflar ma’qullandi
Yangiliklar lentasi
0