https://oz.sputniknews.uz/20260526/tadbirkorlar-kredit-imkoniyatlar-kengayish-takliflar-57860429.html
Kredit tarixi bo‘lmagan tadbirkorlar uchun imkoniyatlar kengayadi — takliflar ma’qullandi
Kredit tarixi bo‘lmagan tadbirkorlar uchun imkoniyatlar kengayadi — takliflar ma’qullandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes uchun raqamli moliyaviy platforma joriy etiladi. U tadbirkorlarga bank takliflarini taqqoslash, mikrokredit olish va muqobil skoring orqali moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
2026-05-26T09:19+0500
2026-05-26T09:19+0500
2026-05-26T09:19+0500
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
biznes
kredit
tadbirkor
sun’iy intellekt
raqamli texnologiyalar
bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1a/57859293_0:197:1900:1266_1920x0_80_0_0_dfbf74540aecb22f83d6f4fddf29e5dd.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bugungi kunda kichik va o‘rta biznesga ajratilgan kreditlar portfeli 218 trillion so‘mni tashkil etmoqda. Biroq ta’minotsiz onlayn mikrokreditlar ulushi hali kam, ularni ajratish jarayoni esa o‘rtacha 7 kungacha vaqt olmoqda.Shu bois tadbirkorlar uchun raqamli moliyaviy platforma ishga tushirilishi taklif etildi. U orqali tadbirkor:• kredit olish uchun onlayn ariza beradi;• bir nechta bankdan tijorat takliflarini oladi;• ularni taqqoslab, o‘ziga qulayini tanlaydi.2026 yil 1-dekabrdan boshlab platforma doirasida sun’iy intellekt elementlariga asoslangan muqobil skoring modeli joriy etiladi.An’anaviy skoring asosan kredit tarixiga tayansa, muqobil skoring tadbirkorning biznes faolligi, kommunal to‘lovlari, aylanmalari, soliq va boshqa raqamli ma’lumotlarini ham hisobga oladi. Bu kredit tarixi bo‘lmagan tadbirkorlar uchun ham moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.Kelgusida sun’iy intellekt tadbirkorlarga kredit tarixini yaxshilash, xatarlarni baholash va biznesni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berishda ham qo‘llaniladi.Shuningdek, tijorat banklari tomonidan “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida quyidagi yengilliklar ham belgilanmoqda:• ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun mikrokreditning garovsiz qismi 100 million so‘mdan 200 million so‘mgacha oshiriladi;• kredit yoki lizing miqdoridan qat’i nazar, uning 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan qismi uchun foiz xarajatlari kompensatsiya qilinadi;• har yili yuqori natija ko‘rsatgan 100 ta tadbirkorga raqamlashtirish, xalqaro standartlar va “yashil” texnologiyalar uchun 300 million so‘mgacha grant ajratiladi.Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260501/er-uchastkalarini-ajratish-57265700.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1a/57859293_212:0:1900:1266_1920x0_80_0_0_7b5076bd9c503e587cb6183d5fd61f2b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, biznes, kredit, tadbirkor, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, bank
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, biznes, kredit, tadbirkor, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, bank
Kredit tarixi bo‘lmagan tadbirkorlar uchun imkoniyatlar kengayadi — takliflar ma’qullandi
Muqobil skoring tizimi tadbirkorning kredit tarixidan tashqari biznes faolligi, aylanmalari va soliq ma’lumotlarini ham hisobga oladi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Bugungi kunda kichik va o‘rta biznesga ajratilgan kreditlar portfeli 218 trillion so‘mni tashkil etmoqda. Biroq ta’minotsiz onlayn mikrokreditlar ulushi hali kam, ularni ajratish jarayoni esa o‘rtacha 7 kungacha vaqt olmoqda.
Shu bois tadbirkorlar uchun raqamli moliyaviy platforma ishga tushirilishi taklif etildi. U orqali tadbirkor:
• kredit olish uchun onlayn ariza beradi;
• bir nechta bankdan tijorat takliflarini oladi;
• ularni taqqoslab, o‘ziga qulayini tanlaydi.
Platforma “Elektron hukumat” tizimidagi ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinadi. Tadbirkorlik subyektlariga oid ma’lumotlar avtomatik ravishda olinib, banklarga taqdim etiladi.
2026 yil 1-dekabrdan boshlab platforma doirasida sun’iy intellekt elementlariga asoslangan muqobil skoring modeli joriy etiladi.
An’anaviy skoring asosan kredit tarixiga tayansa, muqobil skoring tadbirkorning biznes faolligi, kommunal to‘lovlari, aylanmalari, soliq va boshqa raqamli ma’lumotlarini ham hisobga oladi. Bu kredit tarixi bo‘lmagan tadbirkorlar uchun ham moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.
Kelgusida sun’iy intellekt tadbirkorlarga kredit tarixini yaxshilash, xatarlarni baholash va biznesni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berishda ham qo‘llaniladi.
Shuningdek, tijorat banklari tomonidan “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
U mahallalar ixtisoslashuvi va o‘sish nuqtalarini hisobga olgan holda biznes g‘oyalarni ishlab chiqish hamda moliyalashtirish imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi.
Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida quyidagi yengilliklar ham belgilanmoqda:
• ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun mikrokreditning garovsiz qismi 100 million so‘mdan 200 million so‘mgacha oshiriladi;
• kredit yoki lizing miqdoridan qat’i nazar, uning 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan qismi uchun foiz xarajatlari kompensatsiya qilinadi;
• har yili yuqori natija ko‘rsatgan 100 ta tadbirkorga raqamlashtirish, xalqaro standartlar va “yashil” texnologiyalar uchun 300 million so‘mgacha grant ajratiladi.
Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.