Tibbiyot muassasalarida bemorlardan ortiqcha olingan 440 mln so‘m qaytariladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKliniko-diagnosticheskaya laboratoriya. Arxivnoe foto
Kliniko-diagnosticheskaya laboratoriya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan tekshiruvlarda 140 ming nafardan ortiq iste’molchidan jami 440 million so‘mga yaqin mablag‘ asossiz olingani ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo va Jizzaxdagi tibbiyot muassasalarida pullik xizmatlar narxi noto‘g‘ri hisoblanganini aniqladi.
Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi Guliston tibbiyot klasterida 2024-yil davomida ko‘rik yo‘nalishidagi xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarda xatolikka yo‘l qo‘yilgan.

Oqibatda 110 ta pullik tibbiy xizmat turi bo‘yicha 100 ming nafarga yaqin iste’molchidan 340 million so‘mga yaqin asossiz mablag‘ olingan.

Jizzax viloyatida esa Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filialida 2023–2025 yillarda pullik tibbiy xizmatlar noto‘g‘ri hisoblangan.
Buning natijasida 40,5 ming nafarga yaqin mijozdan 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz undirilgani ma’lum bo‘ldi.
Har ikki holat bo‘yicha muassasalarga iste’molchilarga mablag‘larni qaytarish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Stroitelstvo zdaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2026
Qurilishlar bo‘yicha 24,4 mlrd so‘m fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi
Yangiliklar lentasi
0