Xitoydagi kon fojiasi: Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi

© REUTERS / cnsphotoShavkat Mirziyoyev napravil soboleznovaniya Predsedatelyu KNR Si Szinpinu
Shavkat Mirziyoyev napravil soboleznovaniya Predsedatelyu KNR Si Szinpinu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Obuna bo‘lish
Shansi provinsiyasidagi “Lyushenyuy” ko‘mir konida gaz portlagan. Hodisa vaqtida yer ostida 247 nafar ishchi bo‘lgan.
TOShKENT, 24-may – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohatlangani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlarga tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash Shansi provinsiyasi Chanchji shahrining Sinyuan uyezdidagi “Lyushenyuy” ko‘mir konida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz portlashi vaqtida konda 247 nafar ishchi bo‘lgan.
RIA Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib, qurbonlar soni 90 nafarga yetganini xabar qildi. Keyinroq Reuters mahalliy rasmiylarga tayanib, halok bo‘lganlar soni 82 nafar deb aniqlashtirilganini yozdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari va portlash sabablarini o‘rganish davom etmoqda.
Xitoy Raisi Si Szinpin mutasaddilarga jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, qidiruv ishlarini davom ettirish va hodisa sabablarini puxta tekshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan
Bolee 80 chelovek pogibli v rezultate vzriva gaza na ugolnoy shaxte na severe Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2026
Xitoy ko‘mir konida portlash oqibatida 90 kishi qurbon bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0