https://oz.sputniknews.uz/20260429/neft-qimmatlash-uzbekistan-narxlar-tasir-57213994.html
Dunyoda neft va oziq-ovqat qimmatlashi O‘zbekistonda narxlarga ta’sir qilishi mumkin — MB
Dunyoda neft va oziq-ovqat qimmatlashi O‘zbekistonda narxlarga ta’sir qilishi mumkin — MB
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foizda saqladi. Regulyator geosiyosiy ziddiyatlar, neft va oziq-ovqat narxlari hamda logistika xarajatlari inflyatsiyaga qo‘shimcha bosim qilishi mumkinligini bildirdi.
2026-04-29T12:09+0500
2026-04-29T12:09+0500
2026-04-29T12:57+0500
markaziy bank
inflyatsiya
o‘zbekiston
iqtisod
asosiy stavka
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766512_0:183:2990:1865_1920x0_80_0_0_4e50f0450d8e611368ed019e87d54d85.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Markaziy bank boshqaruvi 29-apreldagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi.Regulyator ma’lumotiga ko‘ra, mart oyida yillik inflyatsiya 7,1 foizgacha pasaydi. Oziq-ovqat va energiya kabi tez o‘zgaruvchi narxlar hisobga olinmaydigan bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizni tashkil etdi.Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2026-yil yakunida umumiy inflyatsiya 6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, narxlar barqarorlashuvi sekinlashayotgani va tashqi xatarlar kuchayayotgani qayd etildi.Markaziy bank ichki bozorda ham narxlarga ta’sir qiluvchi omillar borligini qayd etdi. Birinchi chorakda mamlakat yalpi ichki mahsuloti real hisobda 8,7 foizga o‘sdi. Xizmatlar, qurilish va savdo sohalaridagi faollik oshgani iqtisodiyotda talab yuqori saqlanayotganini ko‘rsatmoqda.Shu sababli 2026-yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozlari 7–7,5 foizgacha oshirildi.Shu bilan birga, asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalarining mustahkamlanayotgani, oltin narxi yuqori darajada saqlanayotgani, eksport tushumlari va pul o‘tkazmalarining barqaror o‘sishi ichki valyuta bozoridagi taklifni qo‘llab-quvvatlamoqda.Regulyator inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajagacha pasaytirish uchun qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish zarur deb hisoblamoqda. Agar inflyatsiyaga oshiruvchi omillar kuchaysa, Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining yetarli darajada qat’iyligini ta’minlashini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251211/markaziy-bank-asosiy-stavka-54102787.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766512_130:0:2861:2048_1920x0_80_0_0_5045f590b8cebb4950772b3f5317f365.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank, inflyatsiya, o‘zbekiston, iqtisod, asosiy stavka
markaziy bank, inflyatsiya, o‘zbekiston, iqtisod, asosiy stavka
Dunyoda neft va oziq-ovqat qimmatlashi O‘zbekistonda narxlarga ta’sir qilishi mumkin — MB
12:09 29.04.2026 (yangilandi: 12:57 29.04.2026) Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizda saqlab qoldi. Regulyator tashqi xatarlar narxlarga qo‘shimcha bosim qilishi mumkinligini bildirdi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Markaziy bank boshqaruvi 29-apreldagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi.
Regulyator
ma’lumotiga ko‘ra, mart oyida yillik inflyatsiya 7,1 foizgacha pasaydi. Oziq-ovqat va energiya kabi tez o‘zgaruvchi narxlar hisobga olinmaydigan bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizni tashkil etdi.
Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2026-yil yakunida umumiy inflyatsiya 6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, narxlar barqarorlashuvi sekinlashayotgani va tashqi xatarlar kuchayayotgani qayd etildi.
Xususan, geosiyosiy ziddiyatlar fonida jahon bozorida neft va oziq-ovqat narxlari oshishi xavfi bor. Tashish xarajatlarining ko‘payishi ham import narxlari orqali O‘zbekistondagi inflyatsiyaga qo‘shimcha bosim qilishi mumkin.
Markaziy bank ichki bozorda ham narxlarga ta’sir qiluvchi omillar borligini qayd etdi. Birinchi chorakda mamlakat yalpi ichki mahsuloti real hisobda 8,7 foizga o‘sdi. Xizmatlar, qurilish va savdo sohalaridagi faollik oshgani iqtisodiyotda talab yuqori saqlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Shu sababli 2026-yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozlari 7–7,5 foizgacha oshirildi.
Shu bilan birga, asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalarining mustahkamlanayotgani, oltin narxi yuqori darajada saqlanayotgani, eksport tushumlari va pul o‘tkazmalarining barqaror o‘sishi ichki valyuta bozoridagi taklifni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Regulyator inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajagacha pasaytirish uchun qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish zarur deb hisoblamoqda. Agar inflyatsiyaga oshiruvchi omillar kuchaysa, Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining yetarli darajada qat’iyligini ta’minlashini bildirdi.