Ayrim tovarlar oldi-sotdisida naqdsiz hisob-kitobni notarial tasdiqlash tartibi belgilandi

© Depositphotos / Pavel DanilyukRukopojatie. Arxivnoe foto
Rukopojatie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2026
Obuna bo‘lish
1 apreldan O‘zbekistonda uy-joy va ayrim transport vositalari oldi-sotdisida to‘lov qilingani notarius va bank o‘rtasidagi elektron ma’lumot almashinuvi orqali aniqlanadi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 1-apreldan ayrim tovarlar uchun to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilangani munosabati bilan ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni tasdiqlash tartibi belgilandi.
Shu maqsadda notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumot almashish tartibi belgilanib, tegishli nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yangi tartibga ko‘ra, 1-apreldan ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10-yildan oshmagan M, N, O va G toifalaridagi transport vositalari, shuningdek, maxsus avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblar notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumot almashinuvi orqali aniqlanadi.
Bunday shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
— xaridor yoki uning vakili bankka yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi;
— shartnoma bo‘yicha kelishilgan mablag‘ bank tomonidan naqd yoki naqdsiz shaklda eskrou hisobvarag‘i (pul vaqtincha saqlanadigan maxsus hisobvarag‘i)ga kirim qilinadi;
— agar shartnoma to‘lovni kechiktirish sharti bilan tuzilgan bo‘lsa, eskrou hisobvarag‘iga taraflar o‘rtasida kelishilgan boshlang‘ich mablag‘ kiritiladi;
— shartnoma to‘liq yoki qisman kredit mablag‘lari asosida amalga oshirilsa, kredit ajratayotgan bank bu haqda notariusga elektron ma’lumot yuboradi;
— xaridor yoki uning vakilining bank kartasi, talab qilib olinguncha hisobvarag‘i yoki elektron hamonidan eskrou hisobvarag‘i sifatida foydalanish mumkin;
— shundan so‘ng taraflar shartnomani rasmiylashtirish uchun notariusga murojaat qiladi;
— notarius eskrou hisobvarag‘ida mablag‘ mavjudligini elektron shaklda tekshirib, shartnomani tasdiqlaydi;
— shartnoma tasdiqlangach, pul mablag‘lari sotuvchi yoki uning vakilining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, yoki ularning so‘roviga ko‘ra naqd shaklda beriladi.
Uy-joy va avtomobil uchun to‘lovlar faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi — yangi qonun
Yangiliklar lentasi
0