Uy-joy va avtomobil uchun to‘lovlar faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi — yangi qonun

© Pexels / Karolina GrabowskaChek
Chek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
Obuna bo‘lish
Prezident farmoniga ko‘ra, yirik xaridlar, ko‘chmas mulk, ayrim avtomobillar savdosi, shuningdek, alkogol, tamaki va bir qator xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar faqat elektron tartibda amalga oshiriladi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. 2030 yilgacha YaIMga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 barobarga qisqartirish va savdo hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida naqd pulsiz to‘lovlar ulushini 75 foizga yetkazish belgilandi. Prezident tomonidan imzolangan farmonda ushbu ko‘rsatkichlar yashirin iqtisodiyotni qisqartirishning asosiy maqsadlari sifatida belgilangan.
Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-apreldan bir qator to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Jumladan:
davlat organlari ko‘rsatadigan xizmatlar;
elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar;
alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi;
yoqilg‘i quyish shoxobchalarida neft-gaz mahsulotlari va elektromobillar uchun quvvatlash xizmatlari;
qiymati 25 mln so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar;
ko‘chmas mulk, 10-yildan oshmagan M, N, O va G toifadagi transport vositalari va maxsus texnika oldi-sotdisi.
2026 yil 1-yanvargacha barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR-kod joriy qilishi shart.
2026 yil 1-yanvardan yagona QR-kod orqali to‘lov qabul qilish majburiy tarzda yo‘lga qo‘yiladi, 1-iyuldan esa QR-koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan tashqi savdo shartnomalarida bir xil turdagi tovarlar uchun muvofiqlik va ekologik sertifikat bir yillik muddatga bir marotaba beriladi.
2026 yil 1-martdan soliq organlari xodimlari, shuningdek, Navoiy va Chirchiq shaharlarida yashovchi jismoniy shaxslar uchun jami yillik daromad deklaratsiyasini topshirish tajriba-sinov tartibida joriy etiladi.
QR-kod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
O‘zbekistonda to‘lovlar uchun universal QR-kod joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0