O‘zboshimchalik bilan egallangan yer va binolarga huquqni tan olish tezlashishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Smirnov / Mediabankka o‘tishRegioni Rossii. Buratiya. Tunkinskaya dolina
Regioni Rossii. Buratiya. Tunkinskaya dolina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2026
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasida o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga huquqni e’tirof etish muddatlarini qisqartirish, to‘lovni bo‘lib to‘lash hamda soliq qarzdorligi tushunchasini aniqlashtirish ko‘zda tutilgan
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga nisbatan huquqlarni e’tirof etishni tezlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ma’qullandi.
Loyiha ayrim qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.
Nima o‘zgaradi?
Huquqni e’tirof etishga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari qisqartiriladi;
Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish tartibi aniqlashtiriladi;
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tan olish uchun bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti joriy etiladi;
Shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi takomillashtiriladi.
Loyihada “soliq qarzdorligi” atamasiga aniq ta’rif kiritilmoqda. Unga ko‘ra yer uchastkasi bo‘yicha — yer solig‘i qarzi, binolar va inshootlar bo‘yicha — mol-mulk solig‘i qarzi hisobga olinadi.
Bunda soliq qarzdorligi bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan oshgan qismi sifatida belgilanmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur normalar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni rasmiy tan olishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga ta’minlashga qaratilgan.
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarga hujjatlarni rasmiylashtirish soddalashtirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0