O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarga hujjatlarni rasmiylashtirish soddalashtirilmoqda

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki UzbekistanZasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
Obuna bo‘lish
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar bo‘yicha huquqlarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish, soliq masalalarida yengilliklar joriy etish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Loyihaga muvofiq, bitta obyekt bo‘yicha yakuniy xulosa berish muddati 150 kundan 50 kungacha qisqartirilmoqda.
Vakolatli tashkilotlar — 20 kun;
Jamoatchilik muhokamasi — 10 kun;
Adliya organlari uchun esa — 20 ish kuni.
Ushbu o‘zgarish qonunning 2028-yil 1-yanvargacha amal qilishini inobatga olgan holda taklif etilmoqda.
Shuningdek, amaliyotda huquqni e’tirof etishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolardan biri soliq va to‘lov masalasi ekani qayd etildi. Hozirda 243 mingdan ortiq obyektda soliq qarzi mavjud bo‘lib, ular qonun doirasida hal etilmay qolmoqda.
Shu munosabat bilan quyidagi takliflar ilgari surildi:
soliq qarzi BHMning 30 baravaridan oshmasa (12,3 mln so‘m), huquq e’tirof etilishi mumkin;
1 martalik to‘lov 20 ish kuni ichida amalga oshirilsa, 50 foiz chegirma beriladi;
to‘lovni 1-yildan 3-yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Sputnik v kosmose u Zemli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2025
Daraxt kesish, yer va qurilish qonunbuzarligi, elektr uzilishlar kosmosdan nazorat qilinadi
Yangiliklar lentasi
0