Agar Vashington hujum qilsa, Eron Isroil va AQSh bazalariga zarba beradi

© AFP 2023 / Iranian Army officeBespilotniki na podzemnoy baze v Irane
Bespilotniki na podzemnoy baze v Irane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2026
Obuna bo‘lish
Eron tahdidning har qanday obyektiv belgisiga asoslanib harakat qiladi, dedi G‘olibaf.
TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Vashington hujum qilsa, Eron mintaqadagi Isroil va AQSh harbiy bazalariga zarba beradi, dedi Eron Parlamenti raisi Muhammad Bager G‘olibaf. Bu haqda Associated Press xabar qildi.

"Eronga hujum qilingan taqdirda, ham bosib olingan hudud (Isroil - AP), ham mintaqadagi barcha Amerika harbiy markazlari, bazalari va kemalari bizning qonuniy nishonlarimiz bo‘ladi", dedi u yakshanba kuni favqulodda parlament sessiyasida.

G‘olibafning Eron tahdidning har qanday obyektiv belgisiga asoslanib harakat qilishini ma’lum qildi".
Avvalroq The New York Times AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga zarba berishning bir nechta variantlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Gazeta xabariga ko‘ra Trampga Tehrondagi noharbiy nishonlarga zarba berish taklifi ham billdirilgan.
Esmines SShA Donald Cook na voyennix ucheniyax  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2026
Tramp Eron xalqiga "ozodlikka chiqishga yordam berishga tayyor"
Gossekretar SShA Marko Rubio, kommentiruya protesti v Irane, v xode kotorix demonstranti zabrasivayut kamnyami sili bezopasnosti i podjigayut zdaniya, banki, mecheti i avtomobili, zayavil: - Sputnik O‘zbekiston
Eronda norozilik namoyishlari

2025 yil dekabr oyi oxirida rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan norozilik namoyishlarida, keyinchalik siyosiy tizimga qarshi tartibsizliklarga aylanib ketdi.

8 yanvar kuni Tehron va boshqa shaharlarda namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni vayron qildi. 100dan ortiq poliziya xodimi qurbon bo‘ldi.

Eron rahbariyati ushbu voqealarning siyosiy tomonga burilishida Isroil va AQShni aybladi.

Rasmiy manbaalarga ko‘ra, tartibsizliklar qurbonlari soni 500dan oshgan, ularning aniq soni tergov tugaganidan so‘ng e’lon qilinadi.

Tartibsizliklar uyushtirishda ayblanib uch ming kishi qo‘lga olingan, ularning turar joylaridan qurol-aslaha topilgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Prezident Irana M. Pezeshkian vozlojil sveti k Mogile Neizvestnogo Soldata  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2026
Masjidlarga o‘t qo‘yish va tinch aholi o‘ldirish bu norozilik emas — Eron prezidenti
Yangiliklar lentasi
0