TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron "rejimning namoyishchilarga qarshi bostirishlariga javoban Eronga zarba berishga ruxsat berishni jiddiy ko‘rib chiqmoqda", deb yozadi The New York Times. Gazeta manbalarining ta’kidlashicha, "Prezidentga Tehrondagi noharbiy nishonlarga zarba berish kabi bir qator variantlar taqdim etildi".Bir kun oldin, Erondagi norozilik namoyishlari paytida Tramp Eron xalqiga yordam berishga tayyorligini e’lon qildi. Fors ko‘rfazida AQShning qanday kuchlari bor The War Zone xabariga ko‘ra, Fors ko‘rfazida AQShning uchta esminetsi bor. Bular USS Mitscher, USS McFaul va USS Roosevelt. Ular boshqariladigan raketalar va 1600 km masofaga uchadigan Tomahawk raketalari bilan qurollangan. Bundan tashqari, uchta qirg‘oqbo‘yi jangovar kemalari mavjud: USS Canberra, USS Tulsa va USS Santa Barbara. Shuningdek, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi bir necha havo bazalarida joylashgan havo kuchlariga ega.
AQSh prezidenti Tehrondagi noharbiy nishonlarga zarba berish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda - OAV.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron "rejimning namoyishchilarga qarshi bostirishlariga javoban Eronga zarba berishga ruxsat berishni jiddiy ko‘rib chiqmoqda", deb yozadi The New York Times.
Gazeta manbalarining ta’kidlashicha, "Prezidentga Tehrondagi noharbiy nishonlarga zarba berish kabi bir qator variantlar taqdim etildi".
Bir kun oldin, Erondagi norozilik namoyishlari paytida Tramp Eron xalqiga yordam berishga tayyorligini e’lon qildi.
"Eron, ehtimol, avvalgidan ham ko‘proq erkinlikka intilmoqda. AQSh yordam berishga tayyor", deb yozgan Amerika yetakchisi Truth Social ijtimoiy media platformasida.
Fors ko‘rfazida AQShning qanday kuchlari bor
The War Zone xabariga ko‘ra, Fors ko‘rfazida AQShning uchta esminetsi bor. Bular USS Mitscher, USS McFaul va USS Roosevelt. Ular boshqariladigan raketalar va 1600 km masofaga uchadigan Tomahawk raketalari bilan qurollangan.
Bundan tashqari, uchta qirg‘oqbo‘yi jangovar kemalari mavjud: USS Canberra, USS Tulsa va USS Santa Barbara. Shuningdek, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi bir necha havo bazalarida joylashgan havo kuchlariga ega.
Eronda norozilik namoyishlari
8 yanvar kuni Tehronda 1979-yilda ag‘darilgan Eron shohining o‘g‘li Rizo Pahlaviyning chaqirig‘idan so‘ng norozilik yurishlarining navbatdagi to‘lqini bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni vayron qildi.
Eron rahbariyati ushbu voqealarning siyosiy tomonga burilishida Isroil va AQShni aybladi.
Eslatib o‘tamiz, Eronda dastlabki norozilik namoyishlari 2025-yil dekabr oyi oxirida mahalliy valyuta - rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan edi. Keyinchalik namoyishchilarda mavjud siyosiy tizimga qarshi shiorlar yangray boshladi.
Bir necha shaharlarida politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Bugunga qadar xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida qurbonlar soni 116 dan oshdi va kun sayin oshib bormoqda.
Xavfsizlik kuchlari 10-yanvar kuni 100dan ortiq namoyishlar tashkilotchilarini qo‘lga olganini va ularning turar joylaridan qurol-aslaha topilganini ma’lum qildi.