Masjidlarga o‘t qo‘yish va tinch aholi o‘ldirish bu norozilik emas — Eron prezidenti
Masjidlarga o‘t qo‘yish va tinch aholi o‘ldirish bu norozilik emas — Eron prezidenti
Sputnik O‘zbekiston
Pezeshkiyon Eron hukumati tinch namoyishlar talablariga quloq solishni, biroq tartibsizliklarning oldini olishga va’da berdi. 11.01.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon aholiga iqtisodiy muammolarni har qanday yo‘l bilan hal qilishga va’da berdi. Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil iyun oyida Eron, Isroil va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi mojarodan beri "dushmanlar" Eronda tartibsizliklarni ham ichkaridan, ham tashqaridan avj oldirishga urinmoqdalar. Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlardagi voqealar afsuslanarli. "Bizning mamlakatimizga hujum qilganlar (AQSh va Isroil) endi isonchilarga nima qilish kerakligi haqida ko‘rsatmalar bermoqda", - dedi Eron prezidenti.Prezident aholini ko‘chaga chiqishga da’vat qildiShuningdk, Pezeshkiyon tinch aholining o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi va yoshlarni terrorizm va tartibsizliklarda ishtirok etishdan ogohlantirdi. "Biz tinch norozilik namoyishlarini rasman tan olamiz va namoyishchilar bilan muloqotni o‘z burchimiz deb bilamiz. Biz mamlakat ichidagi barcha norozilik bildiruvchi partiyalar bilan uchrashishga tayyormiz", deya qo‘shimcha qildi u.
Pezeshkiyon Eron hukumati tinch namoyishlar talablariga quloq solishni, biroq tartibsizliklarning oldini olishga va’da berdi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon aholiga iqtisodiy muammolarni har qanday yo‘l bilan hal qilishga va’da berdi.
"Biz muammolarni har qanday yo‘l bilan hal qilishga tayyormiz. Aholi tashvishlarini hal qilish bizning burchimiz, ammo bizning eng katta burchimiz tartibsizlikchilarning jamiyatni vayron qilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir", - dedi prezident televideniyeda.
Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil iyun oyida Eron, Isroil va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi mojarodan beri "dushmanlar" Eronda tartibsizliklarni ham ichkaridan, ham tashqaridan avj oldirishga urinmoqdalar.
"Isonchilar bozorlar va masjidlarga o‘t qo‘yib, tinch aholini o‘ldirmoqda. Bu norozilikmi? Bu o‘z ovozini eshittirishning qanday uslubi? Buni ishni qilganlar bu mamlakatning bir qismi emas. Eron xalqi ularni qabul qilmaydi", - deb ta’kidladi u.
Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlardagi voqealar afsuslanarli. "Bizning mamlakatimizga hujum qilganlar (AQSh va Isroil) endi isonchilarga nima qilish kerakligi haqida ko‘rsatmalar bermoqda", - dedi Eron prezidenti.
Prezident aholini ko‘chaga chiqishga da’vat qildi
"Biz Eron xalqini qaror qabul qilish uchun ko‘chalarga chiqishga va tartibsizliklar ularning talablarini buzib ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz", dedi prezident.
Shuningdk, Pezeshkiyon tinch aholining o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi va yoshlarni terrorizm va tartibsizliklarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.
"Biz tinch norozilik namoyishlarini rasman tan olamiz va namoyishchilar bilan muloqotni o‘z burchimiz deb bilamiz. Biz mamlakat ichidagi barcha norozilik bildiruvchi partiyalar bilan uchrashishga tayyormiz", deya qo‘shimcha qildi u.
Eronda norozilik namoyishlari
8 yanvar kuni Tehronda 1979-yilda ag‘darilgan Eron shohining o‘g‘li Rizo Pahlaviyning chaqirig‘idan so‘ng norozilik yurishlarining navbatdagi to‘lqini bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni vayron qildi.
Eron rahbariyati ushbu voqealarning siyosiy tomonga burilishida Isroil va AQShni aybladi.
Eslatib o‘tamiz, Eronda dastlabki norozilik namoyishlari 2025-yil dekabr oyi oxirida mahalliy valyuta - rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan edi. Keyinchalik namoyishchilarda mavjud siyosiy tizimga qarshi shiorlar yangray boshladi.
Bir necha shaharlarida politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Bugunga qadar xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida qurbonlar soni 116 dan oshdi va kun sayin oshib bormoqda.
Xavfsizlik kuchlari 10-yanvar kuni 100dan ortiq namoyishlar tashkilotchilarini qo‘lga olganini va ularning turar joylaridan qurol-aslaha topilganini ma’lum qildi.