DXX: Nukusda soliqchilarning tadbirkorga nisbatan tamagirlikka urinishiga chek qo‘yildi

© Press-slujba SGBV Karakalpakstane zaderjani vimogateli v otnoshenii predprinimatelya
V Karakalpakstane zaderjani vimogateli v otnoshenii predprinimatelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
Obuna bo‘lish
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Soliq boshqarmasining ikki nafar bosh inspektori tomonidan tamagirlik yo‘li bilan 700 dollar va 15 million so‘m pul mablag‘ini olishga urinish vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu bosh inspektorlar Nukus shahrida oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ faoliyatini tekshirish jarayonida go‘yoki 213 million so‘m miqdorida soliq qonunchiligi buzilishi aniqlanganini bildirib, ushbu summani 34 million so‘mgacha kamaytirib berish evaziga korxona rahbaridan 2 ming dollar talab qilgan.
Qayd etilishicha, pul mablag‘lari oldindan kelishilgan tartibda vositachilik qilgan sobiq soliq idorasi xodimi orqali olinayotgan vaqtda ushbu holatga barham berilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2025
Namanganda “Ko‘mir ta’minot” filiali rahbariyati vakili 22,5 ming dollar pora bilan ushlandi
Yangiliklar lentasi
0