https://oz.sputniknews.uz/20251225/namangan-komir-rahbariyat-vakil-pora-54448901.html
Namanganda “Ko‘mir ta’minot” filiali rahbariyati vakili 22,5 ming dollar pora bilan ushlandi
Namanganda “Ko‘mir ta’minot” filiali rahbariyati vakili 22,5 ming dollar pora bilan ushlandi
Sputnik O‘zbekiston
Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ filiali boshlig‘i o‘rinbosari 22,5 ming dollar pora olgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
2025-12-25T09:59+0500
2025-12-25T09:59+0500
2025-12-25T10:30+0500
jinoyat kodeksi
pora
ko‘mir mahsuloti
o‘zbekiston
jamiyat
namangan viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0e/23309741_0:153:3097:1895_1920x0_80_0_0_98f2a3880eb22c36896be490bc12bbdd.jpg
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Namanganda 40 ming dollar pora talab qilgan “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Namangan viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosari o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni viloyatdagi tumanlardan birining ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash hamda omborga keluvchi ko‘mir ortilgan yuk vagonlari sonini ko‘paytirib berish evaziga 40 ming dollar talab qilgan.Joriy yil 6-dekabr kuni u so‘ralgan mablag‘dan 25 ming dollarni filial xodimi orqali olib, tayinlovni ta’minlagan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.Ko‘rilgan choralar natijasida aholiga ko‘mir mahsulotlarini o‘z vaqtida va imtiyozli narxlarda yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251214/kadastr-bojxona-elektr-korruptsiya-54155633.html
o‘zbekiston
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0e/23309741_182:0:2913:2048_1920x0_80_0_0_acb11288efa958ded0c45812e076c29e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ko‘mir ta’minot namangan,namanganda pora olish,ko‘mir ombori rahbari pora,dxx ushladi namangan,iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament,pora bilan qo‘lga olindi o‘zbekiston,mansabdor shaxs qo‘lga olindi,ko‘mir ta’minoti korrupsiya,jinoyat kodeksi 168-modda,jinoyat kodeksi 211-modda
ko‘mir ta’minot namangan,namanganda pora olish,ko‘mir ombori rahbari pora,dxx ushladi namangan,iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament,pora bilan qo‘lga olindi o‘zbekiston,mansabdor shaxs qo‘lga olindi,ko‘mir ta’minoti korrupsiya,jinoyat kodeksi 168-modda,jinoyat kodeksi 211-modda
Namanganda “Ko‘mir ta’minot” filiali rahbariyati vakili 22,5 ming dollar pora bilan ushlandi
09:59 25.12.2025 (yangilandi: 10:30 25.12.2025) Namangan viloyatida “Ko‘mir ta’minot” MChJ filiali rahbariyati vakili fuqaroni ko‘mir ombori mudiri lavozimiga tayinlash hamda yuk vagonlari sonini oshirish evaziga pora olgan vaqtida qo‘lga olindi.
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Namanganda 40 ming dollar pora talab qilgan “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Namangan viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosari o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni viloyatdagi tumanlardan birining ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash hamda omborga keluvchi ko‘mir ortilgan yuk vagonlari sonini ko‘paytirib berish evaziga 40 ming dollar talab qilgan.
Joriy yil 6-dekabr kuni u so‘ralgan mablag‘dan 25 ming dollarni filial xodimi orqali olib, tayinlovni ta’minlagan.
Keyinchalik esa qolgan 15 ming dollar hamda 30 ta vagon ko‘mir yuborilgani uchun 7,5 ming dollar, jami 22,5 ming dollarni olgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida aholiga ko‘mir mahsulotlarini o‘z vaqtida va imtiyozli narxlarda yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.