https://oz.sputniknews.uz/20251219/uzbekistan-edb-prognoz-54323927.html
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 6,8 foizga o‘sadi — YeOTB prognozi
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 6,8 foizga o‘sadi — YeOTB prognozi
Sputnik O‘zbekiston
YeOTB prognoziga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,8 foizga o‘sadi, inflyatsiya 6,7 foiz, dollar kursi esa o‘rtacha 12 800 so‘mni tashkil etishi mumkin.
2025-12-19T18:55+0500
2025-12-19T18:55+0500
2025-12-19T19:04+0500
o‘zbekiston va yeoii
o‘zbekiston
markaziy osiyo
yeoii
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb)
bayonot
inflyatsiya
investitsiya
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/10/50566868_0:0:3640:2048_1920x0_80_0_0_d42c4a78ff7408b16921544e87f7f8f4.jpg
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. 2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,8 foizga o‘sadi, inflyatsiya esa 6,7 foizni tashkil etib, bir AQSh dollarining o‘rtacha yillik kursi taxminan 12 800 so‘m darajasida bo‘ladi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) taqdim etgan yangi makroiqtisodiy prognozda qayd etilgan.Bayonotga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish yuqori investitsiyalar hamda oltinning qulay narxi hisobiga ta’minlanadi. Inflyatsiya Markaziy bankning maqsadli yo‘nalishlari doirasida pasayishda davom etib, 2026-yil oxiriga borib 6,7 foizgacha sekinlashishi mumkin. Qulay narxlar konyunkturasi sharoitida pul o‘tkazmalarining yuqori darajada saqlanib qolishi hamda metallar eksporti hajmining o‘sishi milliy valyutani qo‘llab-quvvatlaydi.Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 600 milliard dollardan oshib ketishi kutilmoqda. Bunday natija faol investitsiyalar hamda kuchli iste’mol talabi hisobiga ta’minlanadi.YeOTB prognozlariga ko‘ra, Yevroosiyo mamlakatlari iqtisodiyoti 2026-yilda 9,3 foizgacha o‘sishni namoyish etadi. Ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlari so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini qayd etmoqda.YeOTBning 2026-yil uchun olti mamlakat bo‘yicha asosiy hisob-kitoblari quyidagicha:Armaniston. Iqtisodiyot yuqori investitsion faollik, aholini kreditlashning kengayishi va barqaror tashqi talab fonida 5,3 foizga o‘sadi.Belarus. YaIM 1,8 foizga oshadi. Bunga hukumatning investitsiyalarni rag‘batlantirish, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish hamda aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlari xizmat qiladi.Qozog‘iston. Iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’ati xomashyo bo‘lmagan sektorda investitsiya salohiyatini ochish hisobiga saqlanib qoladi — 5,5 foiz. Qayta ishlash sanoati va agrosanoat majmuasida 100 dan ortiq investitsiya loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan.Qirg‘iziston. O‘sish sur’atlari bo‘yicha mintaqa yetakchisi bo‘lib qoladi. Transport, energetika va suv ta’minoti sohalariga investitsiyalar, shuningdek, yuqori qurilish va iste’mol faolligi hisobiga YaIM 9,3 foizga oshadi.Rossiya. YaIM o‘sishi 1,4 foizgacha tezlashadi. Aholi daromadlarining o‘sishi iste’molning yanada kengayishiga turtki beradi. Asosiy stavkaning pasayishi kreditlash va investitsiya faolligini tiklashga yo‘l ochadi.Tojikiston. YaIMning 8,1 foizga o‘sishi mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Asosiy drayver — investitsiyalar: energetika va metallurgiyadan tortib, qazib olish sektori va infratuzilmagacha bo‘lgan yo‘nalishlarda.
https://oz.sputniknews.uz/20251216/uzbekistan-investitsiya-edb-hisobot-54210868.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/10/50566868_388:0:3119:2048_1920x0_80_0_0_5980ae12c5663859fbf8d6f68c3615e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, dollar kursi o‘zbekiston, 12 800 so‘m, markaziy osiyo, rossiya, qozog‘iston, belarus, qirg‘iziston, tojikiston, armaniston, yevroosiyo taraqqiyot banki, yeotb prognoz, yevroosiyo mamlakatlari, makroiqtisodiy prognoz, investitsiyalar, oltin narxi, metallar eksporti, pul o‘tkazmalari, milliy valyutalar
o‘zbekiston, dollar kursi o‘zbekiston, 12 800 so‘m, markaziy osiyo, rossiya, qozog‘iston, belarus, qirg‘iziston, tojikiston, armaniston, yevroosiyo taraqqiyot banki, yeotb prognoz, yevroosiyo mamlakatlari, makroiqtisodiy prognoz, investitsiyalar, oltin narxi, metallar eksporti, pul o‘tkazmalari, milliy valyutalar
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 6,8 foizga o‘sadi — YeOTB prognozi
18:55 19.12.2025 (yangilandi: 19:04 19.12.2025) YeOTBning makroiqtisodiy prognozi e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston iqtisodiyotining prognozlari keltirilgan
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. 2026 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,8 foizga o‘sadi, inflyatsiya esa 6,7 foizni tashkil etib, bir AQSh dollarining o‘rtacha yillik kursi taxminan 12 800 so‘m darajasida bo‘ladi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) taqdim etgan yangi makroiqtisodiy prognozda
qayd etilgan.
Bayonotga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish yuqori investitsiyalar hamda oltinning qulay narxi hisobiga ta’minlanadi. Inflyatsiya Markaziy bankning maqsadli yo‘nalishlari doirasida pasayishda davom etib, 2026-yil oxiriga borib 6,7 foizgacha sekinlashishi mumkin. Qulay narxlar konyunkturasi sharoitida pul o‘tkazmalarining yuqori darajada saqlanib qolishi hamda metallar eksporti hajmining o‘sishi milliy valyutani qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 600 milliard dollardan oshib ketishi kutilmoqda. Bunday natija faol investitsiyalar hamda kuchli iste’mol talabi hisobiga ta’minlanadi.
YeOTB prognozlariga ko‘ra, Yevroosiyo mamlakatlari iqtisodiyoti 2026-yilda 9,3 foizgacha o‘sishni namoyish etadi. Ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlari so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini qayd etmoqda.
“2025 yil yakuniga ko‘ra, biz 6,6 foizlik o‘sishni kutmoqdamiz. 2026-yilda esa mintaqa ishonchli o‘sishni davom ettiradi — taxminan 6,1 foiz, bu o‘rtacha jahon ko‘rsatkichlaridan yuqori”, — deyiladi bayonotda.
YeOTBning 2026-yil uchun olti mamlakat bo‘yicha asosiy hisob-kitoblari quyidagicha:
Armaniston. Iqtisodiyot yuqori investitsion faollik, aholini kreditlashning kengayishi va barqaror tashqi talab fonida 5,3 foizga o‘sadi.
Belarus. YaIM 1,8 foizga oshadi. Bunga hukumatning investitsiyalarni rag‘batlantirish, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish hamda aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlari xizmat qiladi.
Qozog‘iston. Iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’ati xomashyo bo‘lmagan sektorda investitsiya salohiyatini ochish hisobiga saqlanib qoladi — 5,5 foiz. Qayta ishlash sanoati va agrosanoat majmuasida 100 dan ortiq investitsiya loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Qirg‘iziston. O‘sish sur’atlari bo‘yicha mintaqa yetakchisi bo‘lib qoladi. Transport, energetika va suv ta’minoti sohalariga investitsiyalar, shuningdek, yuqori qurilish va iste’mol faolligi hisobiga YaIM 9,3 foizga oshadi.
Rossiya. YaIM o‘sishi 1,4 foizgacha tezlashadi. Aholi daromadlarining o‘sishi iste’molning yanada kengayishiga turtki beradi. Asosiy stavkaning pasayishi kreditlash va investitsiya faolligini tiklashga yo‘l ochadi.
Tojikiston. YaIMning 8,1 foizga o‘sishi mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Asosiy drayver — investitsiyalar: energetika va metallurgiyadan tortib, qazib olish sektori va infratuzilmagacha bo‘lgan yo‘nalishlarda.