Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston mintaqada investitsiya jalb qilish bo‘yicha yetakchi — YeOTB hisoboti

© press-slujba YeABRYevraziyskiy bank razvitiya
Yevraziyskiy bank razvitiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Obuna bo‘lish
Hisobotda 2016-yildan 2025-yilning birinchi yarmigacha Yevroosiyo mintaqasida o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Yevroosiyo mamlakatlarida to‘plangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2025-yilning birinchi yarmi oxiriga kelib 48,4 milliard dollarga yetib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) hisobotida ma’lum qilindi.
Hisobotga ko‘ra, global to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning pasayishiga (2024 yilda −11%) qaramay, Yevroosiyo mintaqasida investitsiya faolligi o‘smoqda. Xususiy kompaniyalarning ulushi 72 foizgacha oshib, ularning investitsiyalari 34,7 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, birlamchi investitsiyalar (greenfield-loyihalar) birinchi marta ustunlik qilib, ulushi 40 foiz, kengaytirilgan xaridlar (brownfield-loyihalar) esa 39 foizga tushdi.
Investitsiya tuzilmasida xomashodan qayta ishlash sanoatiga siljish kuzatilmoqda: qayta ishlashga investitsiyalar bir yarim yil ichida 1,5 milliard dollarga oshdi. Rossiya mintaqadagi eng yirik investor bo‘lib qolmoqda (78,6%).
Biroq Qozog‘iston va O‘zbekiston roli ortib bormoqda. Qozog‘iston kirishda 9,4 milliard dollar, chiqishda 3,25 milliard dollar investitsiyaga ega. O‘zbekiston esa mintaqada eng yirik qabul qiluvchi bo‘lib, 10,7 milliard dollar yoki umumiy hajmning 22,3 foizini tashkil etdi.
YeOII doirasida o‘zaro investitsiyalar 23,4 milliard dollarga yetib, tarixiy maksimumni yangiladi. MDH hududida bu ko‘rsatkich 41,6 milliard dollarga yetdi.
Markaziy Osiyoda ichki mintaqaviy investitsiyalar 1,3 milliard dollarga yetib, 2023-yilga nisbatan 42%, 2016-yilga nisbatan deyarli uch baravar oshdi. Investitsiyalarning qariyb 80 foizi qurilish, qayta ishlash sanoati va moliya sohalariga to‘g‘ri kelmoqda.
Yevroosiyoda xorijiy investorlar uchun eng jozibador tarmoqlar sifatida qayta ishlash sanoati, energetika, transport-logistika va agrosanoat majmuasi qayd etildi.
Zasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘smoqda
Yangiliklar lentasi
0