O‘zbekistonda taqiqlangan ekin yetishtirish bo‘yicha qancha shaxs sudlangani ochiqlandi

© UVD Samarkandskoy oblastiV Samarkandskoy oblasti obnarujili seloe pole konopli
V Samarkandskoy oblasti obnarujili seloe pole konopli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 11 oyi davomida taqiqlangan ekin yetishtirish bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha minglab shaxslar sudlanib, ularga qamoq va boshqa turdagi jazolar tayinlandi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekistonda joriy yilning 11 oyi davomida mazkur moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1 748 nafar shaxs sudlandi. Ularning 191 nafari ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qolgan 1 557 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar — jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki shartli hukm tayinlangan. Shuningdek, 4 nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan.
2024 yilda mazkur modda bo‘yicha 1 875 nafar shaxs sudlanib, ularning 258 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, 1 617 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. Shuningdek, 8 nafar shaxsga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan.
V Tashkentskoy oblasti v kachestve veshestvennix dokazatelstv izyato okolo 12,3 kg narkotikov
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2025
Toshkent shahri va viloyatida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari qo‘lga olindi
Yangiliklar lentasi
0